Biokimyo va molekulyar biologiya


 Fermentdar faolligining muhit pH ga bog‗liqligi



Yüklə 7,94 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə64/291
tarix25.09.2023
ölçüsü7,94 Mb.
#148553
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   291
01b4ed00153a6dc26a146fde7c647734 BIOKIMYO VA MOLEKULYAR BIOLOGIYA

 
4.5.3.2. Fermentdar faolligining muhit pH ga bog‗liqligi.
Fermentlar oqsillar kabi amfoter elektrolitlardir. Oqsilning yuza qismidagi 
musbat va manfiy guruhlarning miqdoriy ko‗rsatkichlariga mos holda ferment 
muhitning xilma-xil pH darajasidagi izoelektrik nuqtada bo‗ladi. Bir xil fermentlar 
izoelektrik nuqtada faol bo‗lsa, boshqalari, ularning pH ko‗rsatkichi oqsilni 
ionizatsiya darajasida bo‗lganda faollikni namoyon qiladi. Fermentlar o‗zlarning 
maksimal faolliklarini namoyon qilishlarida muhit reaksiyasi ko‗rsatkichlari 
bo‗yicha bir-birlaridan farq qiladi. Hayvon to‗qimalari uchun pHning fiziologik 
ko‗rsatkichlari 6,0-8,0 ni tashkil qiladi, lekin ularning to‗qimalardagi 
lokalizatsiyasiga bog‗liq holda ularning optimum chegarasi har xil bo‗lishi 
mumkin (8-jadval).
 
8-jadval. 
Har xil fermentlarning optimum pH ko‗rsatkichlari
 
№ 
Fermentning nomi 
pH 

Pepsin 
1,5-2,5 

Katepsin 
4,5-5,0 

Maysa amilazasi
4,9-5,2 

Ichak saxarazasi
5,8-6,2 

So‗lak amilazasi
6,8-7,0 

Katalaza 
6,8-7,0 

Ureaza 
7,0-7,2 

Oshqozonosti bezi lipazasi 
7,0-8,5 

Tripsin 
7,5-8,5 
10 
Arginaza 
9,5-10,0 
8-jadvaldan ko‗rinib turibdiki, fermentlarning pH-optimumi fiziologik 
ko‗rsatkichlar chegarasida bo‗ladi, pepsin bu qoidadan mustasno bo‗lib, uning pH-
optimumi o‗rtacha 2 ga teng ( u pH 6 da faol va stabil emas). Bu xususiyatni 
shunday tushuntirsh mumkinki, pepsin oshqozon shirasi tarkibida bo‗lib, u ferment 
ta‘siri uchun optimal nordon muhitni yuzaga keltiradi. Boshqa tomondan 
arginazaning pH-optimumi ishqoriy muhitda (pH 10,0 atrofida) bo‗ladi, aslida 
jigar hujayralarida bunday muhit yo‗q, aftidan arginazaning in vivo sharoitidagi 
katalizi, o‗zining optimal pH zonasida emasligidan dalolat beradi. 

Yüklə 7,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   291




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin