Biokimyo va molekulyar biologiya



Yüklə 7,94 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə62/291
tarix25.09.2023
ölçüsü7,94 Mb.
#148553
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   291
01b4ed00153a6dc26a146fde7c647734 BIOKIMYO VA MOLEKULYAR BIOLOGIYA

2. Transferazalar ‒ 
har xil atom (yoki guruh, radikal)larni tashilishi 
reaksiyalarini katalizlaydi. Ularning nomlanishi: ―donor: tashiluvchi guruh-
transferaza‖ shaklida amalga oshiriladi. Masalan, metil-, formil-, atsetil-, amino-, 
fosfatransferazalar.
3. Gidrolazalar
‒ organik moddalarning molekulalararo reaksiyasi bo‗lib, 
suv ishtirokida kechadigan parchalanish, suv ajratish yo‗li bilan kechadigan sintez 
reaksiyalarini katalizlaydi. Nomlanishi ―substrat-gidrolaza‖ tartibida amalga 
oshiriladi. Masalan, peptid-gidrolaza, glukozid-gidrolaza va h.k. 
4. Liazalar
‒ qo‗sh bog‗lar, ya‘ni -C=O, -C=C-, -C=N- va boshqalarning 
hosil bo‗lishi yoki qo‗shbog‗larning yo‗qolishi bilan o‗tadigan reaksiyalarni 
katalizlaydi. Bu fermentlar qo‗sh bog‗li o‗rinlarga har xil guruhlarni birikishi bilan 
yoki ularga teskari bo‗lgan, ya‘ni bu guruhlarni ajralishi bilan kechadigan 
reaksiyalarni katalizlaydi. Bu fermentlarning nomlanishi ―substrat-liaza‖ tartibida 
amalga oshiriladi. Masalan, fumarat-liaza, karboksi-liaza (dekarboksilaza). 
5. Izomerazalar 
– bu fermentlar xilma-xil tipdagi izomerizvsiya 
reaksiyalarini katalizlaydi. Izomerizatsiya fermentlarini nomlanishi ―substrat-sis-
trans-izomeraza‖ shaklida amalga oshiriladi. Bunda agar izomerizatsiya 
molekulani ichida sodir bo‗lsa, ferment 
mutazalar
deyiladi. Bu fermentlarga 
ratsemaza va 
epimerazalar
ham kiradi, ular amino- va oksikislotalarga, 
karbonsuvlar va ularning hosilalariga ta‘sir etadi. 


79 
6.
Ligazalar (sintetazalar) –
dastlabki
 
ikki xil
 
molekuladan ATF yoki 
boshqa nukleozidtrifosfatlarning energiyasini sarfi asosida
 
organik moddani 
sintezlanishini katalizlovchi fermentlar hisoblanadi. Ularning nomlanishi ―X:Y-
ligaza‖ shaklida amalga oshiriladi, bu yerda X va Y lar dastlabki reaksiyaga 
kirishuvchi moddalardir. Masalan, ―L-glutamat: ammiak-ligaza‖ bu ferment 
quyidagi reaksiyani katalizlaydi: 

Yüklə 7,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   291




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin