Biokimyo va molekulyar biologiya


 Fermentlarning maxsusligi



Yüklə 7,94 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə65/291
tarix25.09.2023
ölçüsü7,94 Mb.
#148553
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   291
01b4ed00153a6dc26a146fde7c647734 BIOKIMYO VA MOLEKULYAR BIOLOGIYA

4.5.3.3. Fermentlarning maxsusligi
Fermentlar ta‘sir etish nuqtayi nazardan yuqori darajadagi maxsuslikka ega. 
Bu xususiyat substrat va ferment molekulalari o‗rtasidagi konformatsion va 
elektrostatik komplementarlikka bog‗liq. Uni fermentning faol markazini noyob 
strukturaga ega ekanligi va tirik hujayralarda kechadigan minglab boshqa xil 


81 
reaksiyalar orasida sodir bo‗ladigan u yoki bu reaksiya sifatida izohlash mumkin. 
Maxsuslik uch xil: 
nisbiy

mutloq (absolut) 
va
 stereokimyoviy
bo‗lishi mumkin.
Nisbiy maxsuslik –
bu kimyoviy bog‗lanish tipiga bog‗liq bo‗lgan 
maxsuslikdir, masalan, peptid, murakkab efir, glukozid va boshqa xil 
bog‗lanishlarni o‗z ichiga oladi. Xususan, pepsin o‗simlik tabiatiga ega bo‗lgan 
oqsillar qatori hayvon tabiatidagi oqsillarga ham ta‘sir eta oladi, holbuki, bu 
oqsillar kimyoviy tuzilishi va fizik-kimyoviy xossalari bo‗yicha bir-biridan tubdan 
farq qilishi mumkin. Demak, bu ferment uchun substratdagi kimyoviy bog‗lanish 
peptid bog‗ bo‗lishi lozim. Lekin pepsin hech qachon karbonsuvlar yoki lipidlarga 
ta‘sir etmaydi. Yog‗larni glitserin va yog‗ kislotalarigacha parchalanishini 
katalizlovchi lipaza fermenti uchun substratda murakkab efir bog‗lari bo‗lishi 
lozim.
Mutloq (absolut) maxsuslik 
- bu fermentlar faqat birxil substratga ta‘sir 
ko‗rsatadi, ya‘ni yagona substratda yuz beradigan o‗zgarishni katalizlaydi. 
Substratning strukturasidagi o‗zgarish (modifikatsiya), unga ferment tomonidan 
ko‗rsatiladigan har qanday ta‘sirni to‗xtashiga olib keladi. Bu fermentlar jumlasiga 
organizmda tabiiy sharoitda faoliyat ko‗rsatuvchi argininni parchalovchi arginaza 
va siydikchilni parchalovchi ureazalarni misol tariqasida keltirib o‗tish mumkin. 

Yüklə 7,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   291




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin