Biokimyo va molekulyar biologiya



Yüklə 7,94 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə58/291
tarix25.09.2023
ölçüsü7,94 Mb.
#148553
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   291
01b4ed00153a6dc26a146fde7c647734 BIOKIMYO VA MOLEKULYAR BIOLOGIYA

allosterik fermentlar 
deb nomlanadi. 
4.4. Fermentlarning nobiologik katalizatorlarga o‗xshashligi va farqli 
jihatlari. 
Fermentlar
 
kimyoviy, nobiologik, ya‘ni noorganik tabiatga ega bo‗lgan 
katalizatorlarga o‗xshash bo‗lgan qator umumiylik jihatlarga ega. Bu umumiyliklar 
quyidagilardan iborat: 
1. Fermentlar so‗nggi mahsulot tarkibiga kirmaydi, reaksiya oxirida oldin 
qanday bo‗lsa, shundayligicha qoladi va kataliz jarayonida sarf bo‗lmaydi.
2. Fermentlar termodinamika qonunlariga qarama-qarshi tavsifli reaksiyalarga 
kirishmaydi. 


74 
3. Fermentlar, odatda, reaksiyaning muvozanat holatini o‗zgartirmaydi, faqat 
uni ketishini tezlashtiradi. 
Fermentlar kimyoviy katalizatorlardan farqlanuvchi, ularning biologik 
tabiatini ifodalovchi o‗ziga xos tavsifli xossalarga va maxsuslikka ega, ular 
jumlasiga quyidagilar kiradi: 
1. Barcha fermentlarning molekulalari oqsillardan tashkil topgan. 
2. Fermentativ reaksiyalarning samaradorligi nobiologik katalizatorlarnikiga 
nisbatan juda yuqori.
3. Fermentlarning substratlarga ta‘siri tor darajadagi maxsuslik va tanlov 
asosida yuz beradi. 
4. 
Fermentlarning 
eng 
muhim 
xossalaridan 
biri, 
bu 
ularning 
boshqaruvchanligi. Shu orqali makon va zamonda metabolitik jarayonlarning 
koordinatsiyasi yuz beradi.
5. Fermentativ reaksiyalarda nofermentativ reaksiyalarga nisbatan farqli 
o‗laroq, juda kam qo‗shimcha jarayonlar yuz beradi, fermentativ reaksiyani 
mahsulot chiqimi deyarli 100 % ni tashkil qiladi.
 
4.5. Fermentativ reaksiyalar kinetikasi. Fermentlarning tasniflanishi va 
nomenklaturasi. Izofermentlar. 
Har qanday reaksiyaning sodir bo‗lishi uchun reaksiyaga kirishuvchi 
moddalar o‗zaro bir-biri bilan to‗qnash kelishi talab qilinadi. Shu bilan birgalikda 
reaksiya sodir bo‗lishi uchun yetarli miqdordagi energiya zaxirasi (kinetik) bo‗lishi 
kerak. Faollashgan holatga o‗tib, reaksiya sodir bo‗lishi uchun kerakli energiya 

Yüklə 7,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   291




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin