Biokimyo va molekulyar biologiya



Yüklə 7,94 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə55/291
tarix25.09.2023
ölçüsü7,94 Mb.
#148553
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   291
01b4ed00153a6dc26a146fde7c647734 BIOKIMYO VA MOLEKULYAR BIOLOGIYA

chin metallofermentlarga,
metallar yordamida 
faollanuvchi
fermentlarga ajratish mumkin. 
Chin metallofermentlar tarkibidagi metall ionlari barqaror birikkan bo‗lib, 
tozalab ajratib olish jarayonida oqsildan ajralmaydi. Metallar yordamida 
faollanadigan fermentlarda esa metall oqsil bilan kuchsiz birikkan bo‗lib, tozalash 
jarayonida undan osongina ajralib ketadi. Chin metallofermentlarda metall ionlari 
tegishli oqsil guruhlari (ligandlari) bilan koordinatsion bog‗lar yordamida birikib 
kompleks hosil qiladi. Azot tutuvchi ligandlar bilan barqaror komplekslarni mis
2+

kobalt
2+
, nikel
2+
, temir
2+
ionlari hosil qiladi. Bu metallarning ionlari azotdan 
tashqari oltingugurt bilan ham birikadi. Kalsiy va magniy ionlari oqsillarning 
karbonat va fosfat ionli ligandlari bilan birikadi. Ba‘zi fermentlarning oqsil 
molekulalarida K
+
va Na

ionlarining bo‗lishi ham taxmin qilinadi. 
Fermentlarning boshqa xildagi nooqsil tabiatli moddalari jumlasiga 
lipoy 
kislota
ni kiritish mumkin. U alfa-ketokislotalaring dekarboksillanishida koferment 
sifatida ishtirok etadi. Apoferment tarkibiga lipoy kislota lizinning epsilon-
aminoguruhi bilan kovalent bog‗ hosil qilib birikadi.
Fermentlar tarkibida nooqsil tabiatli komponent sifatida tripeptid 
glutation 
ham uchrashi mumkin, u to‗yinmagan birikmalarning izomerazalarini kofermenti 
sifatida ishtirok etadi va molekulalararo darajada vodorodni ko‗chirilishi 
(dismutatsiyasi) bilan bog‗liq funksiyani bajaradi. Masalan, glutation malein 
kislotasini fumar kislotagacha izomerlanishi, ya‘ni sis-trans-izomerizatsiyasi 


71 
reaksiyasini 
katalizlaydi. 
Formaldegidning 
formiatgacha 
oksidlanishini 
ta‘minlovchi fermentning kofermenti ham glutation hisoblanadi. 

Yüklə 7,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   291




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin