yozma adabiyot shu og'zaki ijod zaminidan o'sib chiqqan.
Buni licch
kirn inkor etmasa kerak?! Shu ma'noda bizda turon zaminida yaratil-
gan
“Alp Er To'ng'a”
dostoni miloddan oldingi VII asrda paydo
bo'lgan ekan. o'zbek notiqligi taiixi ham Yunon va Rim notiqligi
tarixidan oldinroq yuzaga kelmaganjnikan, degan xulosaga olib kela
di. Masalani ovdinlashtirish, albatta, tarixchi,
tilshunos va adabiyot-
shunos olimlarimizning dolzarb ilmiy izlanishlarini talab etadigan
muammo. Shunday bo'lsada, hozircha bizda mavjud bo'lgan ma'lu-
motlarga tayanib fikr yuritamiz. Bu o'rinda taniqli yozuvchi Primqul
Qodirovning, G '.G'ulom nashriyotida 2005 yilda chop etilgan “Til
va el” kitobi kengroq ma'lumot beradi. Turon zaminning miloddan
oldingi turkiy lilda vozilgan
“Alp Er To'ng'a”
haqidagi doston hali
atrofiicha taitlil etilgani yo'q.
Bu doston bizgacha To'liq etib kelrnagan.
Uning besh yuz satrga
yaqin ayrim parchalari Yusuf Xos Hojibning “Qutadg'u bi!ig”
dostonida va Mahmud Qoshg'ariyning “Devonu lug'atit lurk” asari-
da keltirilgan. Bu dostonga birinchi bo lib katta e'tibor bergan
olimimiz, professor Abdurauf Fitrat edi. Uniiig “Eng eski turk adabi-
yotming namunalari” deb atalgan va 1927 yilda nashr etilgan riso-
lasida Alp Er To'ng'aga baqishlangan 40 satrli marsiya, lang'uglar
bilan Alp Er To'ng aning j an gig a oid 32 salrli she'r,
qish va yoz
manzaralariga bag'ishlangan S6 satrli she'riy tasvirlarni adabiy
tilimi/ning eng qadimgi namunalari deb baholanadi 1
Fitrat Alp Er To'ng'aga baqishlangan qadimiy doston parcha-
larini Yusuf Xos Hojibning "Qatadqu bilig” dostonidan va Mahmud
Qashg'ariyning “Devonu lug'atit turk’1 kitobidan olinganini ko'rsa-
tib o'ladi. Moskvalik sharqshunos olima l.V.Stebleva ham “Devonu
lug'atut turk”da keltirilgan Alp Er To'ng'aga bag'ishlangan 348 satr
she'rni terib olib, ular orasidagi mantiqiy bog' lanishlarni topadi va
ularni ining yillar davomida ko'p qismlari yo'qolib
kelgan ulkan bir
qahramonlik dostoninmg uzviy bo'laklati deb baholaydi.
37
. Bu olimlaming “Alp Er T o'ng'a” dostoniga- oid tadqiqotlarini
yangi avlodga raansub adabiyotshunoslarimiz M.Ibrohimov va Sh.
Xolmatovlar davom ettirdilar. Bu ishlaming yakuni sifatida Abdu-
rashid Abdurahimovning so'zboshisi va tahriri bilan 1995 yilda “Alp
Er T o'n g 'a yoki Afrosiyob jangnomasi” degan kitob nashr etildi.
Bu kitobning kirish qismida Alp Er To'ng'aga quyidagicha baho
berildi: “Alp Er T o'ng'a miloddan aw algi VII asrda Turon davlati
shakllanishiga asos solgan buyuk xoqondir... Eronliklar Alp xaqonni
Afrosiyob deb ataganlar. Og'zaki va yozma adabiyotda Alp Er To'n-
g'aning bahodirligini madh etuvchi katta doston yaratilgan. Doston
qahramonlik mavzuida bo'lib, uning tiklanishi
turkiy xalqlar dos-
tonchiligi tarixini miloddan aw algi asrlardan boshlashga imkon
beradi. Alp Er T o'n g 'a haqidagi she'riy dostondan kelib chiqqan
holda adabiyotshunos olimlar bu qahramonga baho berishda tarix-
chilarirnizga nisbatan ancha dadil fikr bildirmoqdalar.
Tarixichilarimiz Alp Er To'ng'aga oid to'liq ma'lumotlami
tarixiy manbalardan topolmaganlari uchun ularda “Alp er T o'ng'a
tarixiy shaxsmi yoki afsonaviy qahramonmi?” degan ikkilanishlar
bor. Buning yana bir sababi, Firdavsiyning “Shohnoma”
asarida
Afrosiyob salbiy qahramon qilib ko'rsatilganligidir.
Buxoro tarixiga oid juda qimmatli ma'Iumotlar bergan Narshaxiy
yozadi :”Afrosiyob Romtan (Romitan) shahrini bunyod qilgan. Rom-
tan Buxorodan qadimiyroqdir. Afrosiyob har vaqt bu viloyatga kel-
ganda Romtanda turgan, boshqa joyda turmagan. Forsiylaming
kitoblarida aytilishicha, Afrosiyob ikki ming yil yashagan va jodugar
bo'lgan, asli Nuhpayg'ambaming o'g'illaridan ekan. U o'zining
Siyovush nomli kuyovini o'ldirgan. Siyovushning Kayxusrav nomli
o 'g 'li bo'lib, otasining xunini talab qilib Afrosiyobni o'ldirdi. Afro-
siyobning qabri Buxoroning M a'bad
darvozasi yaqinidagi katta
tepalik ustidadir.
38
Narshaxiv o'z nomidan keltirgan tarixiy faktlarda Afrosiyobning
bunyodkor podshoh bo'lganini, Buxorodan ham qadimiyroq Romi-
tanrii qurganligini, bu viloyatga kelganda doim shu Romitanda tur-
ganligini, “Afrosiyob” nomi bilan bizgacha ctib kclgan tarixiy Romi-
tan qal'asi o'z davrining podsholari turadigau poytaxt shahar bo'lga
nini yozadi. Biz Buxoroning 2500 yillik to'yini o'tkazdik. Agar
Romitan undan ham oldin qurilgan bo'lsa, demak, bu joyni qurdirgan
Alp Er T o'ng'a - Afrosiyob miloddan oldingi ettinchi asrda yashab
o'tganiga ishonish mumkin.
Narshaxiyning bu ma'lumotlari tarixiy asosga ega bo'lganini
Yusuf Xos Hojibning “Qutadg'u bilik,-da
yozgan quyidagi satrlari
tasdiqlaydi:
Dostları ilə paylaş: