nazm aruz talablariga binoan tuziladi.
Aruzga qaraganda nahvning
ta' sir doirasi keng, u nasr uchun ham, nazm uchun ham zarur. Beru-
niy yozadi: “Nahv nasrda va aruz nazmda aytilgan so'zning me'yori-
ni o'lchovi va xatosini tuzatuvchi aniq ikkita mezon bo'lib qoldi,
lekin nahv bular ikkisining umumiyrog'idir,
chunki u nasmi ham,
nazmni ham birgalikda o'z ichiga qamrab oladi” (O'sha asar.64-bet).
“Xullas, yaxshi nutq tuzish uchun nahv, aruz, mantiq fanlari
hamkorligidan foydalanish zarur bo'ladi.
Ulaming birontasiga aha-
miyat bermaslik, bulardan birining qoidasi buzilishi qolgan ikkitasiga
ta'sir qilmay qolmaydi” (O'sha asar. 64-bet).
Beruniy shakl va mazmun birligiga katta ahamiyat beradi.
Uningcha shakl mazmunga xizmat qilishi kerak. Mazmunsiz har
qanday chiroyli shakl ham cl orasida e'tibor qozonmaydi. Nutqning
nasriy shaklida ham, nazmiy shaklida ham mazmun bosh mezondir.
Dostları ilə paylaş: