ravonligi va mantiqiyligiga erishish muhim ahamiyat kasb etadi.
Mutafakkir yana so'zlovchini tilning
ahamiyatini tushungan holda
hovliqmasdan, so'zning ma'nolarini yaxshi anglab,
ravon nutq
tuzishga chiqaradi:
Tilning foydasi talaydir, ortiqcha hovliqma,
Goho til maqtaladi, goho so'kiladi.
Modomiki shunday ekan, so'zni bilib so'zla,
So'zing ko'r uchun ko'z bo'I sin, (u) ko'ra bilsin.
Til va so'zni avaylashga, og'ziga kelgan so'zni o'ylab gapirishga
chaqiradi:
Kishi so'z tufayli bo'ladi malik,
Ortiq so'z qiladi bu boshin egik,
Tilingni avayla-omondir boshing,
So'zingni avayla uzayar yoshing.
Adib Ahmad Yugnakiy
(ХП-Х1П) ham so'zlaganda nutqni
o'ylab,
shoshmasdan tuzishga, keraksiz, yaramas so'zlarni ishlatmas-
likka, mazmundor so'ziashga chaqiradi. Noto'g'ri tuzilgan nutq
tufayli
keyin xijolat chekib yurmagin, deb so'zlovchini ogohlan-
tiradi:
O'qib so'zla so'zni eva so'zlama,
So'zing kizla, kedin, boshing kizlama.
(A.Yugnakiy Hibat-ul-haqoyiq. Toshkent: 1971, 78-bet).
Amir Xisrav Dehlaviy
(XV asr) ham nutqni ta'sirli, emotsional,
shuningdek, mazmundor tuzishga da'vat qiladi:
So'zlaringda bo'lsin fikru o'y yoniq,
Bo'lsin har so'zingda bir nuqta aniq.
Aytilayotgan fikming mazmundor va ohangdor bo'lishi
lozimligi
haqida yozadi:
Nazm aytsam, aytaman ta'b o'lchovida o'lchabon,
O'lchab aytilsa nuqta, bo'lmas uchov besamar.
(Amir Xisrav Dehlaviy. Asarlar, Toshkent: 5-bet, 57-bet.)
Dostları ilə paylaş: