kirgan... Bu talqinda Firdavsiy zamoni uchun muhim bo'lgan turk
davlatchiligi va eroniy davlatlar orasida tarixiy yuzma-yuz turish-
harbiy-siyosiy muxolitlik o 'z aksini topgan.6
Ana shu harbiy-siyosiy muxoliflik Afrosiyob - Alp Er To'ng'aga
munosabat turkiy tilli manbalarda ijobiy, “Shohnoma”
kabi forsiyza-
bon manbalarida salbiy bo'lishga olib kelgan...
Dostonda ko'rsatilishicha, Alp Er To'ng'ani Eron shohi Kayxus-
rav ziyofat paytida mayga zahar qo'shib berib o'ldiradi.
O'limi muqarrarligini sezgan Alp Er T o'n g'a sadoqatli yorini
eslaydi va yaqin odamlaridan iltijo qiladi:
Turkon xotun huzuriga
Mendan etkur vido qo'shig'in.
Aytgin: menga qilgan xizmatni
Qilar cobug'chi endi unga...
Turon malikasi sevikli Alp yorini eslab musibat chekadi:
Ketdi ко zitnning nuri
Ketdi tanamning ruhi
Qaydan topaysevganim
Qoldi cheki yo'q qayg'u...
Bunday iztirobga to'la samimiy so'zlami faqat chindan yashab
o'tgan va el-yurt orasida sevimli bo'lgan qahramon haqidagina aytish
mumkin. Biroq Alp Er To'ng'aning o'limidan keyin turk davlat
chiligi uzoq vaqt inqirozli asrlarni (qariyb ming yildan oshiq ta'kid
bizniki - N.B.) boshidan kechiradi.
Nihoyat, V l-V II (melodiy - N.B) asrlarga
kelib Bilge xoqon va
uning qahramon inisi Qultegin davrlarida turk buduni (xalqi) qayta-
dan qad rostlaydi. Biz buni O'rxon va Enasoy daryolari bo'yida V I-
V13 asrlarda toshga bitilgan dostonlardan bilamiz.
Xalq og'zaki ijodining ilk tajribalari notiqlik san'atiga. badiiy
so'z san'atining ravnaqiga, yozma adabiyotga boy manba bo'lib
40
xizmat qilib kelgani va kelayotgani barchaga ma'lum, shu ma'noda
“Alp Er T o'ng'a” dostoni, muqaddas kitob “Avesto”, O'rxon va
Enasoy yodgorliklari va boshqa yozma yodgorliklar Markaziy Osiyo
xalqlarining tarixi, ijtimoiy-iqtisodiy hayoti,
madaniyati, tilini
o'rganishda muhim manba bo'lish bilan birga, ma'lum Notiqlik
san'atiga undovchi, unga manba bo'luvchi qimmatga ham egadir.
“Avesto”ning muqaddas kitob sifatida to4 la shakllanishi milod-
dan avvalgi birinchi ming yillik o'rtalariga to'g'ri keladi. “Avesto”da
notiq foydalanishi lozim bo'lgan o'rinlar juda ko'p. Jumladan,
“G'alla erdan unib chiqqanda
devlar larzaga keladi, G 'alla o'rib
olinayotganda devlar nola - faryod chekadi, G'alla yanchib un
qilinayotganda esa devlar mahv bo'ladi... G'allaning m o'lko'l bo'li-
shi go'yo devlaming labiga qizdirilgan temir bosgandek ulami
tumtaraqay qiladi..." Bu jumlalar orqali odamlarni mehnat qilishga.
mehnatga muhabbat bilan yondoshmoqqa chaqirish mumkin. Unda
notiqlik kuchini oshiradigan da'vat mujassam. Demak, notiq l ohun
bu kabi da'vatkorlikka undovchi misollar “Avesto”dan keng o'rin
olganligidan ko'z yumib bo'lmaydi. “Avesto”dan o'rin olgan rivoyat
va afsonalardagi vatanni
himoya qilishga chorlovchi, qahramonlikka
undovchi “Siyovush” (’’Siyovarshan” deb berilgan “Avesto”da) kabi
qahramonliklaming butun xatti-harakati da'vatkorlik qudratiga ega.
Biroq melodgacha notiqlik san'ati tarixi notiqlik maktablari uchun
manba va material bera olgani holda, maktablar darajasiga o'sib
chiqmagan bo'lishi mumkin. Ammo kim kafolat bera oladi, Qadimgi
Afinada, Yunoniston va Rimda paydo bo'lgan
Notiqlik maktab-
larida yoki maktab darslildarining paydo bo'lishida “Alp Er To'ng'a"
dostoni, “Avesto kabi muqaddas kitob“ yoki “Bundaxishn” hamda
“Denxard” kabi qimmatli manbalaming ta'siri bo'lmaganligiga.
Albatta ilm va fan qaerda bo'lmasin, qaysi bir xalqda yaratilmasin.
o'zaro bir-biriga ta'siri bo'lishi tabiiy holat. Jahon ilmida o'zaro
41
ta'sir hamisha bo'lgan va bundan keyin ham bo'ladi. Shu asosda
jahon fani, qaysi sohada bo'lmasin bir-birini to'ldirib, boyitib boradi.
Sharqda, jumladan, Movarounnahrda badiiy, ilmiy ijodning
taraqqiyoti,
shuningdek, va'zxonlik, “Qur'on”ni targ'ib qilish bilan
mushtarak holda so'zning ahamiyati, ma'nosi va undan maqsadga
muvofiq foydalanish borasida qadimdan ko'p yaxshi fikrlar aytilgan.
Vaz'xonlikning, balog'at (chechanlik), Notiqlik san'atining
o'suvi barobarida nutq oldiga qo'yilgan talablar mukammallashib
bordi. Buyuk allomalar Abu Rayhon Berunay, Abu Nasr Farobiy, Ibn
Sino,
Abu Abdulloh al-Xorazmiy, Mahmud Qoshg'ariy, Zamax-
shariy, Abu Ya'qub Sakkokiy tilga, lug'atga, grammatika va mantiq-
shunoslikka bag'ishlangan asarlar yozdilar yoki boshqa sohalarga
doir asai larida bu mavzuga aloqador fikrlar bildirdilar.
Dostları ilə paylaş: