Jahon tarixi



Yüklə 3,83 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə38/137
tarix26.09.2023
ölçüsü3,83 Mb.
#148709
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   137
8-sinf Jahon tarixi [uzsmart.uz]

O liver K rom vel.
Ayni paytda parlament o‘z qo‘shinini 
mustahkamlash to ‘g‘risida qaror qabul 
qildi. Bu qaror natijasida parlam ent 
intizomli va yaxshi harbiy tayyorgarlik 
k o ‘rgan q o ‘shinga ega b o ‘ldi. 1645- 
yilning 14-iyunida N eyzbi qishlog‘i 
yaqinidagi hal qiluvchi jangda qirol qo‘- 
shini tor-m or etildi. Qirolning o ‘zi qo- 
chib ketdi. 1646-yilda qirol yashiringan 
Oksfordning taslim b o ‘lishi bilan fu­
qarolar urushi tugadi. Bu urushda parla­
ment to ‘la g‘alaba qozondi. Parlament hokimiyatni qo‘lga 
olgach, qator islohotlar o‘tkazdi. Jumladan, yangi zodagonlar 
feodal toMovlardan ozod etildi. Ularning qoMidagi yer-mulklar 
o‘zlariga xususiy mulk qilib berildi. Savdogarlar savdo ishlarini 
ruxsatnomasiz yuritadigan boMdilar. Qirol, qirol tarafdorlari 
va yepiskoplarning yerlari m usodara qilindi. Cherkov 
parlamentga bo ‘ysundirildi.
Respublikaning tashkil etilishi. 
1649-yilda parlam ent 
qirollik hokimiyatini «keraksiz, xalq farovonligi uchun zararli 
va xavfli» deb hisoblab, uni bekor qildi. Lordlar palatasi 
ham tarqatib yuborildi. 1649-yil 19-may kuni esa Angliya 
Respublika deb e’lon qilindi. Barcha hokimiyat to ‘laligicha 
o ‘zini «ingliz ozodligining asrovchisi» deb hisoblovchi bir 
palatali parlament qo‘liga o ‘tdi. Ijro etuvchi hokimiyatni 
amalga oshiruvchi Kengash tuzildi. Oliver Kromvel bu 
Kengash rahbari etib tayinlandi. Kromvel Angliya hududini 
kengaytirish siyosatini yuritdi. Shu maqsadda, 1649-yilda
44


Irlandiyani, biroz fursatdan so‘ng Shotlandiyani bosib oldi. 
Ularning mustaqilligi tugatildi.
Harbiy diktaturaning o ‘rnatilishi. 
In q ilo b d an so ‘ng 
parlament mamlakatda fuqarolar totuvligini ta’minlay olmadi. 
Bunga aholining quyi tabaqalari manfaatlarini hisobga ol- 
maslik hamda narx-navoning o ‘sishi va ommaviy ishsizlik 
sabab bo‘ldi. Parlament o‘z obro‘sini yo‘qota boshladi. Shun- 
day sharoitda hukmron tabaqalar mamlakatdagi tartibsiz- 
liklarga barham bera oladigan kuchli shaxsning yakka ho- 
kimiyati o‘rnatilishi zarur, degan qarorga keldilar. Hukmron 
tabaqa fikricha, Kromvel ana shunday shaxs edi.
1653-yilda hukmron tabaqaning xohish-istagi bilan Krom­
vel «Ozod davlat Angliya, Shotlandiya va Irlandiyaning Lord- 
protektori» deb e’lon qilindi. Bu mamlakatda amalda Krom- 
velning harbiy 
diktaturasi
o‘rnatilganligini anglatar edi. Ayni 
paytda u parlam entning yangi zodagonlar va burjuaziya 
manfaatlarini himoya qiluvchi barcha qarorlarini o‘z kuchida 
qoldirdi.
Kromvel vijdon erkinligini ham e’lon qildi. Bu uning eng 
katta xizmatlaridan biri edi. Kromvelning tashqi siyosati ham 
hukmron tabaqalar manfaatiga to ‘la mos keldi. Chunonchi, 
1654-yilda dengiz savdosidagi asosiy raqib — Gollandiyaning 
mag‘lubiyatga uchratilishi, keyinchalik Ispaniya ustidan ham 
g‘alaba qozonishi buning yorqin dalillari b o ‘ldi. Bu g‘ala- 
balardan so‘ng Kromvel haqida m anbalarda: «Q it’aning 
kalitlari uning belida osig‘liq», degan jumlalar ham qayd etildi.

Yüklə 3,83 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   137




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin