partiyadan
biri tuzardi. Butun hokimiyat parlament qo‘lida
edi. Parlamentning Jamoa palatasida tori va vigilar partiyalari
faoliyat ko‘rsatgan.
Torilar qirolning huquq va manfaatlarini himoya qilar
hamda mavjud tartiblarning buzilmasligi uchun kurashgan.
Vigilar esa parlament huquqlarini himoya qilardi. Mam-
lakatda muhim iqtisodiy va siyosiy islohotlar o‘tkazilishining
tarafdori edi.
1707-yilda parlament Angliya va Shotlandiya o‘rtasidagi
uniyani qonunlashtirdi. Endi mamlakat
Buyuk Britaniya deb
ataladigan bo‘ldi. 1716-yilda parlament vakolati 6 yillik etib
belgilandi. Shu tariqa mamlakatda professional, doimiy ishlay-
digan parlamentga asos solindi.
Tashqi siyosat.
Bu davrda Buyuk Britaniya tashqi siyosatini
ikki asosiy yo‘nalish belgilab bergan. Ularning birinchisi —
Yevropa qit’asida hech qaysi davlatning
kuchayib ketishiga
yo‘l qo‘ymaslik bo‘lsa, ikkinchisi yangi-yangi mustamlakalar
egallash edi.
XVIII
asrda Buyuk Britaniyaning asosiy raqibi Fransiya
bo‘ldi. Ikki davlat o‘rtasida ispan
taxti tufayli kelib chiqqan
urush (1701—1714) Buyuk Britaniya uchun foydali sulh tuzi-
lishi bilan yakunlandi. Unga ko‘ra, Gibraltar Buyuk Brita-
niyaga o‘tdi.
XVII—XVIII asrlarda Shimoliy Amerikada 13 ta mustam-
laka shtatlari tuzildi va ular qirol
tayinlagan gubernatorlar
tomonidan boshqarildi.
1763-yilda Fransiya Kanadadan ham siqib chiqarildi. Ayni
paytda Hindistonning bir qismi ham Buyuk Britaniyaning
mustamlakasiga aylantirildi.
Dostları ilə paylaş: