1685-yilda uning o‘rnini egallagan ukasi Yakov II esa mam-
lakatda katolik dinini tiklashga kirishdi. Bu esa aholi o‘rtasida
keskin norozilikni vujudga keltirdi. Buijuaziya va yangi zoda-
gonlar bunday sharoitda Yakov II ni taxtdan mahrum qilishdi
va uning kuyovi — Gollandiya hukmdori Vilgelm III van
Oran’yeni Angliya taxtiga o‘tqazishga qaror qildilar. Vilgelm
III protestant edi. Uning Angliya taxtiga o‘tirishi mamlakatda
katoliklikning kuchayishi xavfmi butunlay bartaraf etardi.
1688-yilda Vilgelm III o‘z qo‘shini bilan Londonga kirib
keldi va Angliya taxtiga o‘tqazildi. Yakov II esa Fransiyaga
qochib ketdi. Shu tariqa Angliya tarixida «Sharafli inqilob»
deb atalgan saroy to ‘ntarishi amalga oshirildi. Bu to ‘ntarish
uzoq davom etgan qirol va parlament o‘rtasidagi o‘zaro ku-
rashga chek qo‘ydi. Vilgelm III parlament shartlariga rozi
bodganligi tufayligina taxtni egallay oldi. Parlament qirolga
parlament, qirol hamda hukumatning huquq va majburiyatlari
yozilgan «Huquqlar
deklaratsiyasi»
deb nomlangan hujjatni
taqdim etdi. Qirol bu hujjatni imzoladi. Unga ko‘ra, qirol
qo‘shin, sud, mamlakat moliyasi ustidan b o ‘lgan hukm-
ronlikdan mahrum bo‘ldi. Shu tariqa parlament bilan qirol
o‘rtasidagi kurash parlamentning g‘alabasi bilan yakunlandi.
Angliyada kuchli parlamentli cheklangan monarxiya tuzumi
o ‘rnatildi.
Topshiriq
V III sinf « 0 ‘zbekiston davlati va huquqi asoslari» darsli-
gingizdan cheklangan monarxiya yana qanday boshqacha nom
bilan atalishini toping.
Dostları ilə paylaş: