4.1-jadval Moliyaviy tahlilni tashkil etish va o‘tkazish bosqichlari № Moliyaviy tahlil bosqichi Amalga oshiriladigan ishlar 1
Moliyaviy tahlilni
tashkil etish va
o‘tkazishning rejasi
va dasturini tuzish
bosqichi
Moliyaviy tahlilni tashkil etish va o‘tkazish rejasi va dasturini tuzib
olish. Unda quyidagilar aniq belgilangan va ko‘rsatilgan bo‘lishi
shart: tahlining maqsadi va vazifalari aniqlash; tahlil obyektini
aniqlash; tahlil mazmunini izohlash; tahlil o‘tkazuvchilar tarkibi va
ularning vazifalarini belgilash; tahlil o‘tkazish vaqti va muddatini
belgilab olish; tahlil manbalari aniqlab olish; tahlil natijalarini
rasmiylashtirish tartibini belgilash.
2
Moliyaviy tahlil
yuzasidan
ma’lumotlar
bazasini to‘plash va
qayta ishlash
bosqichi
Ushbu bosqichda quyidagi ishlar amalga oshiriladi:
-
tahlil uchun axborot manbalarini to‘plash;
-
tahlil uchun foydalaniladigan qo‘shimcha zarur ma’lumotlarni
to‘plash;
-
to‘plangan ma’lumotlarni tahlilga mos holda soddalashtirish;
-
tahlil uchun zarur jadval, sxemalar va diagrammalar maketlarini
tuzish;
-
tahlil usullarini aniqlab olish.
3
Moliyaviy tahlilni
o‘tkazish bosqichi
Bu asosiy bosqich bo‘lib, unda quyidagi ishlar amalga oshiriladi:
-
mezon ko‘rsatkichlarini aniqlash;
-
ko‘rsatkichlarni hisob-kitob qilish va naijalarni baholash;
-
natijaning o‘zgarishiga ta’sir ko‘rsatgan omillarni aniqlash
hamda ularning ta’sir darajalarini hisoblash;
-
natijaga ta’sir ko‘rsatgan har bir omilning kelib chiqish
sabablarini o‘rgangan holda baho berish;
-
natijalarni umumlashtirish va xulosa tayyorlash.
4
Moliyaviy tahlil
natijalarini
rasmiylashtirish va
chora-tadbirlarni
belgilash bosqichi
Bunda moliyaviy tahlil yakunlanadi va tahlil natijalari baholangan
holda kerakli chora-tadbirlar belgilanadi. Ya’ni:
-
tahlil natijalari hisobot shaklida rasmiylashtiriladi;
-
tahlil natijalarini muhokama qilish;
-
tahlil
natijalariga
asoslangan
holda
yo‘l
quyilagan
kamchiliklarni bartaraf etish chora-tadbirlari belgilanadi;
-
xo‘jalik yurituvchi subyekt ichki imkoniyatlari o‘rganilgan
holda faoliyat samaradorligini oshirish yo‘llari belgilanadi.
5
Moliyaviy tahlil
natijalarini
amaliyotga tadbiq
etish bosqichi
Bu bosqichda tahlil natijalari asosida belgilangan chora-tadbirlar va
aniqlangan imkoniyatlar xo‘jalik yurituvchi subyekt faoliyatiga
qo‘llash yo‘llari ko‘rsatiladi. Ya’ni:
-
foydalanilmagan ichki imkoniyatlarni subyekt faoliyatiga
qo‘llash tartibi ko‘rsatiladi;
-
faoliyat samaradorligini oshirish bo‘yicha berilgan tavsiyalar
joriy etiladi;
-
aniqlangan ilg‘or g‘oya va tajribalarni amaliyotda qo‘llash
shart-sharoitlari ko‘rsatib beriladi;
-
belgilangan chora-tadbirlarning bajarilishi va ularning natijalari
nazorat qilish tartibi belgilanadi.