R. D. Dusmuratov, A. S. Boltayev moliyaviy tahlil


 Moliyaviy tahlil natijalarini rasmiylashtirish



Yüklə 5,36 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə59/307
tarix26.09.2023
ölçüsü5,36 Mb.
#148944
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   307
Молиявий таҳлил Дарслик қўлёзмаси

 
4.3. Moliyaviy tahlil natijalarini rasmiylashtirish 
Iqtisodchi olimlar A.V.Vahobov, A.T.Ibrohimov va N.F.Ishonqulovlar 
“Odatda tahlil ma’lumotlari va ularning natijalari uni kim va nima maqsadda 
o‘tkazilganligiga qarab, turli shaklda umumlashtirilishi mumkin”
28
deb ta’kidlaydi. 
Ularning fikriga ko‘ra tahlil natijalarini umumlashtirish va yakunlash qaysi turdagi 
tahlilni o‘tkazganligimizga qarab bajariladi. Agarda korxonalarning yillik hisoboti 
asosida o‘tkazilgan joriy tahlilning yakuni, umumiy xulosalar yozish va yuqori 
tashkilotlarga tushuntirish xati tuzish orqali yakunlanadi. Ayrim turdagi boshqa 
tahlillarning natijalari esa mutaxassislarning ma’ruzasi, korxona rahbarining 
buyrug‘i, jamoaning majlis bayoni, taftish komissiyasining dalolatnomalari orqali 
umumlashtirilishi mumkin. 
Iqtisodchi olimlar M.Q.Pardaev, J.I.Isroilov va B.I.Isroilovlar
29
korxona yoki 
uning bo‘limlari faoliyati bo‘yicha qilingan analitik tadqiqotlarning turli xil 
natijalari tegishli hujjatlar bilan rasmiylashtiriladi, deb ta’kidlagan holda tahlil 
28
Vahobov A.V., Ibrohimov A.T., Ishonqulov N.F Moliyaviy va boshqaruv tahlili. T.: «Sharq», 2005. - 68 b. 
29
Pardaev M.Q., Isroilov J.I., Isroilov B.I. Iqtisodiy tahlil: O‘quv qo‘llanma. –T, 2017. -108 b. 


79 
natijalari hujjatlari tarkibini quyidagicha ko‘rsatib o‘tishgan: 
-
tushuntirish; 
-
ma’lumotnoma; 
-
xulosa. 
Ushbu iqtisodchi olimlarning fikrlarini e’tirof etgan holda shuni aytish 
mumkinki, ular tomonidan tahlil natijalarini rasmiylashtirish tartibi xo‘jalik 
yurituvchi subyekt faoliyati natijalari ma’lumotlaridan tashqi foydalanuvchilar 
foydalanishi nazarda tutilgan holda tarkiblangan. Uylaymizki, bunday tartibda 
tahlil natijalarining rasmiylashtirilishi, undan foydalanuvchida to‘liq tassavur 
shakllanishini ta’minlamaydi. Ya’ni, tahlil natijalaridan foydalanuvchi uni oddiy 
tushuntirish yoki ma’lumotnoma sifatida qaraydi. Bu esa, tahlil natijalari 
umumlashtirilgan tartibda rasmiylashtirilgan hujjatning yuridik ahamiyatini 
pasaytiradi. 
Fikrimizcha, xo‘jalik yurituvchi subyektlarda moliyaviy tahlilni tashkil etish 
va o‘tkazish bo‘yicha tasdiqlangan reja va dasturda belgilangan vazifalar 
bajarilgandan so‘ng olingan natijalar umumlashtirib, xulosa va takliflar 
shakllantirilgan holda hisobot shaklida rasmiylashtirilishi lozim deb hisoblaymiz.
Moliyaviy tahlil natijalari rasmiylashtirilgan hisobot shakli uch qismdan 
tashkil topadi (4.3-jadval). 
Shuni ta’kidlab o‘tish kerak-ki, moliyaviy tahlil natijalari to‘g‘risidagi 
hisobot tushunarli, ilmiy asoslangan, sodda va ravon, analitik jadvallar, grafiklar va 
diagrammalar bilan bog‘langan holda bayon etilishi zarur. O‘z navbatida u xo‘jalik 
yurituvchi subyekt rahbariga taqdim etiladi va subyekt kengashida muhokama 
qilinib, bayonnoma orqali tasdiqlanadi. Bu esa, hisobotning yuridik ahamiyatini 
yanada oshiradi. Moliyaviy tahlil natijalarining bunday tartibda rasmiylashtirilishi 
axborotdan foydalanuvchida to‘liq tahlil natijalari to‘g‘risida ma’lumotga ega 
bo‘lish orqali obyektiv baholash va kelgusida faoliyat samaradorligini oshirish 
imkoniyatlari to‘g‘risida ma’lumot olish imkonini beradi. 


80 

Yüklə 5,36 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   307




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin