R. D. Dusmuratov, A. S. Boltayev moliyaviy tahlil



Yüklə 5,36 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə57/307
tarix26.09.2023
ölçüsü5,36 Mb.
#148944
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   307
Молиявий таҳлил Дарслик қўлёзмаси

 
 
 


76 
4.2. Moliyaviy tahlil axborot manbalari va ularga quyiladigan talablar 
Iqtisodiyotni yanada rivojlantirish sharoitida iqtisodiy jarayonlarga 
kirishishdan oldin har bir xo‘jalik yurituvchi subyekt moliyaviy ahvolini tahlil qilib 
o‘rganishi muhim ahamiyat kasb etadi. Chunki, tahlil natijalari asosida 
subyektning moliyaviy resurslarining holati, joylashganligi va ulardan foydalanish 
darajasiga baho beriladi hamda yo‘l quyilgan kamchiliklarni bartaraf etish va 
kelgusida mavjud moliyaviy imkoniyatlaridan samarali foydalanish bo‘yicha 
kerakli chora-tadbirlar ishlab chiqiladi.
Moliyaviy tahlil natijalarining to‘g‘ri, ishonchli va aniq bo‘lishi esa o‘z 
navbatida uning axborot manbalari bilan ta’minlanganlik darajasiga bog‘liq 
bo‘ladi. 
Moliyaviy tahlilda foydalaniladigan axborot manbalari iqtisodchi olim 
M.Yu.Raximov
27
tomonidan quyidagicha tarkiblanadi: 
1.
Moliyaviy hisob va hisobot ma’lumotlari; 
2.
Tanlab olingan ma’lumotlar. 
Ushbu tarkiblashni e’tirof etgan holda shuni ta’kidlab o‘tish mumkinki
iqtisodchi olim M.Yu.Raximov tomonidan axborot manbalari moliyaviy tahlil 
xususiyatidan kelib chiqqan holda to‘g‘ri ifoda etilgan. Chunki, bevosita moliyaviy 
hisob va hisobot ma’lumotlari asosida moliyaviy tahlil o‘tkaziladi. Moliyaviy 
tahlilning maqsadidan kelib chiqqan holda yana boshqa ma’lumotlar tanlab olinishi 
mumkin. 
Moliyaviy tahlilning axborot manbalari va ularning tarkibiy tuzilishini 
quyidagicha ifodalash mumkin (4.2-jadval). 
Shuni ta’kidlash kerakki, moliyaviy tahlilda foydalaniladigan axborot 
manbalari quyidagi mezonlar bo‘yicha baholanadi: 
-
axborot manbaida ifodalangan ko‘rsatkichlar ishonchliligi va xolis 
bo‘lishi lozim; 
-
axborot manbalaridagi ma’lumotlarning taqqoslanuvchanligi. 
27
Raximov M.Yu. Iqtisodiyot subyektlari moliyaviy holatining tahlili. –T.: “IQTISOD-MOLIYA”, 2013. – 73 b. 


77 

Yüklə 5,36 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   307




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin