5. VII. Kreditlarni olish uchun talablar: Fanga oid nazariy va uslubiy tushunchalarni to‘la o‘zlashtirish, tahlil
natijalarini to‘g‘ri aks ettira olish, o‘rganilayotgan jarayonlar haqida
mustaqil mushohada yuritish va joriy, oraliq nazorat shakllarida berilgan
vazifa va topshiriqlarni bajarish, yakuniy nazorat bo‘yicha yozma ishni
topshirish.
6. Baholash (Sirtqi ta’lim shakli uchun) 1) Birinchi oraliq nazorat – 20 ballni, o‘z ichiga:
− dars mashg‘ulotlaridagi faol ishtiroki;
− savollar orqali tegishli mavzular bo‘yicha og‘zaki savol-javob.
– yozma topshiriqlar.
1) Ikkinchi oraliq nazorat – 50 ballni (50 ball mustaqil ta’lim
mashg‘ulotlaridan), o‘z ichiga:
− fanning o‘quv dasturida ko‘rsatilgan mustaqil ta’lim mashg‘ulotlaridagi
mavzulardan tuzilgan savollar;
– yozma topshiriqlar.
2) Yakuniy nazorat (yozma javob berish) – 30 ball. Modul davomida
olingan bilim va ko‘nikmalarni darajasini baholash uchun yakuniy nazorat 80
daqiqa davom etadigan yozma imtihon shaklida bo‘lib o‘tadi. Biletlar asosida
nazariy savollar va yechish uchun amaliy topshiriqlar beriladi. Yakuniy nazorat
savollari auditoriya (kontaktli) va mustaqil ta’lim mashg‘ulotlaridan olinadi.
Savollar tahliliy yondashuvni, chuqur bilim va nazariy tushunishni,
hujjatlarning asosiy qoidalari va huquqiy amaliyotda muayyan vaziyatga baho
berish ko‘nikmalarini talab etadi.
3. Baholash (barcha ta’lim shakli uchun) Dar aja (Bel gi) Ballar (Foiz) Tavsifi Baho Izoh A 100 – 93 Juda