O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vfzirligi islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti



Yüklə 1,17 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə49/59
tarix26.09.2023
ölçüsü1,17 Mb.
#149154
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   59
Mamadiyeva N.X. Falsafa (Mantiq qismidan)

“Mazmundor” nazariyalar
da ma‟lum bir sohaga oid faktlar sistemaga 
solinadi, umumlashtiriladi va tushuntiriladi. Ular asosan tajriba natijalari
empirik materiallarga tayanadi, ularni tahlil qiladi, tartibga soladi va 
umumlashtiradi. Ana shuning uchun ham ularni “tajribaga tayanuvchi 
nazariyalar”, deb atashadi. “Mazmundor” deb atalishiga sabab, ularni 
matematika va mantiqdagi formallashgan nazariyalardan farq qilishdir. 
Mazmundor nazariyalarni sof empirik nazariyalar deb bo„lmaydi. Ular 
faqat empirik materiallargagina emas, balki nazariy qonunlarga ham 
tayanadi. Masalan, mazmundor deb hisoblanadigan Ch. Darvinning 
evolyutsiya nazariyasi, I.P. Pavlovning oliy asab faoliyatining shartli 
reflektorlik nazariyasi va shu kabilar chuqur nazariy g„oyalarga suyanadi, 
ular yordamida to„plangan materiallarni ratsional usul bilan anglaydi, 
qayta ishlaydi va tushuntiradi. 
Gipotetik-deduktiv nazariyalar 
tabiatshunoslikda uchraydi. U turli xil 
mantiqiy kuchga ega gipotezalar sistemasidan iborat bo„lib, unda mantiqan 
kuchlilaridan mantiqan kuchsizroqlari deduksiya qilinadi. Gipotetik-
deduktiv sistemani gipotezalar zanjiri (ierarxiyasi) tarzida olib qarash 
mumkin. Bunda empirik asosdan uzoqlashgan sari gipotezaning kuchi ortib 
boradi. 
Gipotetik-deduktiv nazariyalarning o„ziga xos jihatlaridan biri undagi 
gipotezalarning darajalari bo„yicha qat‟iy izchil joylashishidir. 
Gipotezaning darajasi qanchalik yuqori bo„lsa, xulosalarni mantiqiy yo„l 
bilan keltirib chiqarishda uning ishtiroki shunchalik ko„p bo„ladi. 
Aksiomatik nazariya
– nazariya elementlarining katta qismi kichkina 
boshlang„ich asosdan – asosiy aksiomalardan deduktiv yo„l bilan keltirilib 
chiqariluvchi nazariyadir. Aksiomatik nazariyalar matematikada quriladi. 
Aksiomatik metod birinchi marta Evklid tomonidan elementar 
geometriyani qurishda muvaffaqiyatli ishlatilgan. Mazkur geometriyaning 
asosiy aksiomatik tushunchalari “nuqta”, “to„g„ri chiziq”, “tekislik” bo„lib, 
ular ideal fazoviy obyektlar sifatida olib qaralgan; geometriyaning o„zi esa 
fizikaviy fazoning xususiyatlarini o„rganuvchi ta‟limot sifatida talqin 


67 
qilingan. Matematikaning taraqqiyoti davomida aksiomatik metod 
takomillashib borgan, uni qo„llash mumkin bo„lgan sohalar doirasi 
kengaygan. Xususan, asta-sekin Evklid aksiomalarining faqat geometrik 
obyektlarnigina emas, balki boshqa matematik va, hatto, fizik obyektlarni 
ham tasvirlash uchun yaroqli ekanligi ma‟lum bo„ldi.
Aksiomatika tabiatshunoslikda ham qo„llaniladi. Tajriba bilan bog„liq 
bo„lganligi va shuning uchun ham zaruriy ravishda empirik talqinga 
muhtoj ekanligi sababli tabiyotshunoslikning faqat o„zagini tashkil 
etadigan tushunchalarnigina aksiomalashtirish mumkin. 

Yüklə 1,17 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   59




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin