74
Parazitlar xo‘jayin organizmidan nafaqat oziq manbayi sifatida,
balki
doimiy va vaqtinchalik yashash muhiti sifatida ham foydalanadi.
Undan tashqari, parazitlar vaqtinchalik faqat oziqlanish uchun ham xo‘-
jayin organizmlardan foydalanadi. Bunga misol qilib, burga, chivin, to‘shak
qandalasini olish mumkin. Mazkur parazitlarning
hayvon va odamdan qon
so‘rishi og‘ir yuqumli kasalliklarni keltirib chiqarishi mumkin.
Doimiy parazitlarga sodda hayvonlar (bezgak paraziti, dizenteriya amyo-
basi), yassi chuvalchanglar (jigar qurti, qoramol tasmasimon chuval changi),
to‘garak chuvalchanglar (askarida, bolalar gijjasi), bo‘g‘imoyoqlilar (kana,
bit) misol bo‘ladi. O‘simliklarda uchraydigan doimiy
parazitlarga bakteriya-
lar (g‘o‘za gommozi), zamburug‘lar (qorakuya zamburug‘i, vilt), gulli o‘sim-
lik lar dan zarpechakni misol qilib olish mumkin.
Xo‘jayin organizm parazitning hayot faoliyatini ta’minlaydi, parazit esa
xo‘jayinning hayotiy jarayonlarini susaytiradi,
uni kuchsizlantiradi, lekin
nobud qilmaydi, chunki parazitning hayoti xo‘jayin hayoti bilan bog‘liq.
Odam va qoramol
tasmasimon chuvalchangi, jigar qurti va qoramol,
zang zamburug‘i va boshoqli o‘simliklar o‘rtasidagi munosabatlar parazitizm
munosabatlariga misol bo‘ladi.
Evolutsiya jarayonida xo‘jayin organizmda ham,
parazit organizmda
ham moslanishlar paydo bo‘lgan. Yirtqichlilik, parazitizm va o‘zaro raqobat
munosabatlari tabiatda populatsiyadagi organizmlar
sonini nazorat qilishda
katta ahamiyatga ega. Insonlarning bu munosabatlarga o‘ylamasdan, rejasiz
amalga oshiradigan aralashuvi tabiatdagi muvozanatni buzishi mumkin.
Yuqorida o‘rganilgan biotik munosabatlar turli yashash sharoitlarida va
hayot siklining turli bosqichlarida farqlanishi mumkin. Undan tashqari, bir
tur individlari ular bilan birgalikda yashayotgan boshqa tur individlari bilan
turlicha munosabatda bo‘lishi mumkin.
Shunday qilib, tabiatda turlararo biotik munosabatlar xilma-xil va ko‘p
qirrali bo‘lib, ularni o‘rganish ekologiya fanining muhim vazifasidir.
Dostları ilə paylaş: