84
urchiyotgan urg‘ochilar hissasi populatsiya miqdorining keyingi o‘sishida
katta ahamiyatga ega. Jinsiy tarkib tahlili asosida populatsiya miqdorining
keyingi o‘zgarishlarini bashorat qilish mumkin. Masalan, jinslar nisbati:
A populatsiyada 75% urg‘ochilar, 25% erkaklar; B populatsiyada 50%
urg‘ochilar, 50% erkaklar; C populatsiyada 25% urg‘ochilar, 75% erkaklar
bo‘lsa, A populatsiyada kelajakda organizmlar soni ortishi, B populatsiyada
barqarorlik, C populatsiyada esa organizmlar soni kamayishi kuzatiladi.
D
emak, C populatsiyadan foydalanish mumkin emas, balki uni himoya
qilish kerak.
Yosh tarkibi
– turli yoshdagi organizmlar guruhlarining nisbati sanaladi.
Hayvonlarning tabiiy populatsiyalarida uch xil yoshdagi guruhlar farqlanadi:
jinsiy jihatdan yetilmagan va hali nasl qoldira olmaydigan yosh organizmlar
(predreproduktiv), jinsiy voyaga yetgan (reproduktiv) organizmlar, ko‘payish
xususiyatini yo‘qotgan, nasl bermaydigan qari organizmlar (postreproduktiv).
Hayvonlarning populatsiyalaridagi turli yoshdagi guruhlarning miqdor
nisbatini yosh piramidasi yordamida ifodalash mumkin (18-rasm).
Dostları ilə paylaş: