83
dinamikasi kuzatiladi. Hayot uchun qulay bahor va yoz mavsumlarida ular
bir necha marta ko‘payib
nasl qoldiradi, natijada populatsiyadagi individlar
soni keskin ortadi. Ko‘payish uchun noqulay bo‘lgan qishki mavsumda
esa
individlar soni kamayib, bahorgacha avvalgi yildagi me’yoriga qaytadi.
Populatsiya sonining bunday davriy ravishda o‘zgarishi har yili takrorlanadi.
Individlar sonining har bir necha yildan so‘ng davriy ravishda o‘zgarishi
ayrim hayvonlar (masalan, tulki, boyqush) populatsiya larida kuzatiladi. Bog‘-
larimizda o‘sadigan mevali daraxtlar (masalan, olma, o‘rik) har ikki yilda ko‘p
meva beradi, o‘rmonlarda o‘sadigan kedr daraxti har to‘rt yilda mevalaydi.
Populatsiyalar sonining nodavriy o‘zgarishi muhit sharoitlarining turli
sabablarga ko‘ra buzilishi (qurg‘oqchilikda, qish mavsumi odatdagidan sovuq
yoki iliq kelganda, bahorgi yog‘ingarchilik haddan tashqari ko‘p bo‘lganda)
favqulodda yuz beradigan yangi yashash joylariga
migratsiyalar oqibatida
yuz beradi. Masalan, yuqoridagi sabablar tufayli ba’zi yillarda zararkunanda
hasharotlar haddan ziyod ko‘payib ketib, hosildorlikka ziyon yetkazadi.
Dostları ilə paylaş: