79
3. Ekin ekiladigan dalalarda mineral o‘g‘itlar va zararkunandalarga qarshi
zaharli kimyoviy moddalarning qo‘llanilishi qanday oqibatlarga olib kelishi
mumkin?
4. Insonning tabiatga bevosita va bilvosita ta’siriga misollar keltiring.
O‘
z fikringizni bayon eting.
1. Dehqonchilik va chorvachilik insoniyatning jadal
taraqqiyotini belgilab ber-
gan omil sanalsa-da, nima uchun bugungi kunda ularga tabiat muvo zanatini
buzuvchi omil sifatida qaralmoqda?
2. Nima uchun hozirgi kunda ekolog olimlar nafaqat
tabiatni muhofaza qilish,
balki tabiatdan ratsional foydalanish zarurligini ta’kidlamoqdalar? «Tabiatni
muhofaza qilish» va «tabiatdan ratsional foydalanish» tushunchalari o‘rtasida
qanday farq borligini tushuntiring.
1-laboratoriya mashg‘uloti.
Abiotik omillarning tirik organizmlarga ta’sirini o‘rganish.
Laboratoriya mashg‘ulotining maqsadi:
muhit omillari: yorug‘lik, nam lik,
tuproq tarkibining tirik organizmlarga ta’sir qilishini aniqlash, tirik organizmlarga
abiotik omil larning ta’sirlarini tahlil qilish.
Kerakli jihozlar:
yorongul yoki
koleus o‘simliklarining (yoki
boshqa xona
o‘simliklari) novdalari, gultuvaklar.
Ishning borishi:
1. Ushbu tajriba biologiya xonasida laboratoriya mashg‘uloti o‘tkaziladigan
kundan bir yarim oy avval qo‘yiladi va o‘quvchilarning kuzatishi tashkil etiladi.
2. Bir tup xona o‘simligidan bir xil ko‘lamdagi to‘rt dona uchtadan bo‘g‘imi
bo‘lgan yon novdalarini kesib oling. Yuqori bo‘g‘imdagi bargni qoldirib,
pastki
bo‘g‘imlardagi barglarni kesib tashlang. Novdalarni ildiz chiqarguncha suvga
solib qo‘ying. Ildizlar 2 sm ga yetgach, 1- va 2-novdalarni
oddiy tuproq solingan
gultuvaklarga, 3- va 4-novdalarni esa chirindiga boy tuproq solingan gultuvaklarga
eking. 1- va 3-gultuvaklardagi o‘simliklarni janubga qaragan derazalarga qo‘ying.
2- va 4-gultuvaklardagi o‘simliklarni derazadan 3–4 metr uzoqqa joylashtiring.
Birinchi uch kunlikda barcha o‘simliklarni ko‘p miqdorda sug‘oring. Keyinchalik 1- va
3-gultuvaklardagi o‘simliklar yetarli miqdorda sug‘oring, 2- va 4-gultuvaklardagi
o‘simliklarni normadan kamroq sug‘oring.
3. O‘simliklarning o‘sishi va rivojlanishi ustida kuzatish olib boring. Kuzatish
natijalarini har hafta jadvalga yozib boring.
Jadval. Abiotik omillarning o‘simlik o‘sishi va rivojlanishiga ta’siri.