Etologik (xulq-atvor) struktura – populatsiya individlari o‘rtasida tarkib
topadigan munosabatlar tizimi. Bunday struktura hayvonlargagina xosdir.
7-sinfda biologiyani o‘rganish chog‘ida hayvonlarda xulq-atvor reaksiyalarining
xilma-xilligi bilan tanishgansiz. Ayrim populatsiyalarda individlar yakka holda
yashaydi. Ko‘p hollarda organizmlar guruhlar (oila, koloniya, to‘da, poda va b.)
ga birlashadi (21-rasm).
Oilaviy yashash tarzi ota-ona va bolalar o‘rtasidagi munosabatlarni vujudga
keltiradi. Masalan, sherlar oilasi katta erkak sher, bir necha urg‘ochi va ularning
bolalaridan tashkil topadi. Oilaning katta a’zolari birgalikda ov qiladi, naslini
himoyalaydi va tarbiyalaydi.
O
ilaviy hayot kechiradigan hayvonlarda hududiylik
xulq-atvori namoyon bo‘ladi. Oila hududiga egalik qilish ovoz signallari yoki
hidli belgi qo‘yish, tahdid ko‘rinishini namoyish qilish, shuningdek, hududga
oyoq bosgan begonaga to‘g‘ridan to‘g‘ri tajovuz qilish orqali ta’minlanadi.
Ayrim hayvonlar, masalan, bo‘rilar va giyena itlari to‘da bo‘lib yashaydi.
To‘dada taqlid qilish reaksiyalari rivojlangan va qat’iy tartibga bo‘ysunish
bo‘ladi. To‘da a’zolarining xatti-harakatlari ovoz, ko‘rish yoki kimyoviy
signallar yordamida amalga oshiriladi. To‘da ko‘payish davrida nasl qoldirish
va uni tarbiyalash uchun alohida juftlarga ajralishi mumkin. Nasl qoldirgach,
to‘da qaytadan shakllanadi.
Hayvonlar podasi to‘daga nisbatan doimiy bo‘lgan tuzilmadir. Eng kuchli
hayvon podaga boshchilik qiladi. Boshliq podani boshqaradi, maxsus signallar,
tahdidlar yoki to‘g‘ridan to‘g‘ri tajovuz orqali a’zolar o‘rtasida qat’iy intizomni
ta’minlaydi. Poda bo‘lib yashovchi hayvonlar ma’lum qonuniyat asosida
bir joydan boshqa joyga migratsiya qiladilar, himoyalanadilar. Dam olish
joylarida joylashish ham qat’iy qonuniyat asosida tashkil etiladi. Zebralarning
podasida har doim oldinda qari urg‘ochi, uning ortida avval eng yosh, keyin
kattaroq yoshdagi, ulardan keyin katta yoshdagi zebralar, eng oxirida esa
poda boshchisi bo‘lgan erkak zebra harakatlanadi.
Pavian maymunlar podasining markazida, eng xavfsiz joyda bolali yoki
homilador urg‘ochilar, chetlarida boshchilari, yosh erkak va urg‘ochilari
bo‘ladi. Podaning old va orqa tomonlarida hujumni qaytarishga tayyor yirik
erkaklari harakatlanadi (21-rasm).
Koloniyalar – o‘troq hayot kechiradigan hayvonlar hosil qiladigan guruhlar.
Ular uzoq vaqt davomida mavjud bo‘lishi yoki ko‘payish davridagina
shakllanishi mumkin. Individlar o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarning murak-
kablik darajasiga ko‘ra koloniyalar har xil bo‘ladi. Ba’zi koloniyalar bir hududda
yashovchi ayrim individlarning oddiy yig‘indisi bo‘lsa, ba’zi koloniyalar
yaxlit organizmni tashkil etuvchi organlar singari turli funksiyalarni bajarishga
90
Tulkining yakka hayot tarzi
B
o‘rilar to‘dasi
S
herlar oilasi yoki prayd
K
iyiklar podasi
Pingvinlar koloniyasi