16-§. EKOTIZIMLARNING TROFIK STRUKTURASI Tayanch bilimlaringizni qo‘llang. Avval o‘zlashtirgan bilimlaringiz asosi da avtotrof organizmlarga ta’rif bering. Fototrof va xemotrof orga- nizmlar ga qiyosiy xarakteristika bering. Geterotrof organizmlarning oziq lanish usullarini esga oling. Ekosistema
(ekotizim)ga tabiatning asosiy tuzilish birligi sifatida qara-
ladi. Ekotizim – tirik organizmlar jamoasi, ularning yashash muhitlari,
moddalar va energiya almashinuvi majmuyi sanaladi.
Quruqlikdagi ekologik sistemalarni ifodalash uchun «biogeotsenoz» atamasi
qo‘llaniladi. Biogeotsenoz quruqlikning moddalar va energiya almashinuvi
kecha digan, biotik (biotsenoz) va abiotik (bio top) tarkibiy qismlari yig‘indisidir.
Biogeotsenozlar oziq moddalar bilan ta’minlanishiga ko‘ra ekosistemalarga
nisbatan ko‘proq avtonom, ya’ni boshqa biogeotsenozlardan mustaqildir. Har
qaysi biogeotsenozda moddalar aylanishi amalga oshadi.
Ekosistema strukturasi. Ekosistemada har xil turga mansub organizmlar
o‘ziga xos funksiyalarni bajaradi. Moddalarning davriy aylanishida baja-
radigan vazifasiga ko‘ra, turlar funksional guruhlarga bo‘linadi: produtsentlar,
konsumentlar yoki redutsentlar.
Produtsentlar yorug‘lik va kimyoviy energiyadan foydalanib, anorganik
moddalardan organik birikmalarini sintezlaydilar. Mazkur funksional guruhga yashil
o‘simliklar, fotosintezlovchi va xemosintezlovchi bakteriyalar kiritiladi.
Avtotrof
organizmlar geterotrof organizmlar yashashini ta’minlaydigan oziqa va energiya
manbayi bo‘lib xizmat qiladi.
Konsumentlar tirik organizm tarkibidagi organik
modda hisobiga oziqlanadi va undagi energiyani oziq zanjiri orqali uzatadi. Ularga
barcha hayvonlar va parazit o‘simliklar kiradi. Konsumentlar uchun avtotroflar
(o‘simlikxo‘r hayvonlar uchun) yoki boshqa organizmlar (yirtqich hayvonlar
uchun) oziq manbayi bo‘lib xizmat qiladi. Oziq turiga ko‘ra konsumentlar quyidagi
tartiblarga bo‘linadi: produtsentlarni iste’mol qiluvchi organizmlar birinchi tartib
konsumentlar deyiladi, masalan, chigirtka, bargxo‘r qo‘ng‘iz, tuyoqli hayvonlar
va parazit o‘simliklar. Birinchi tartib konsumentlarini ikkinchi tartib konsumentlar
iste’mol qiladi, ularga go‘shtxo‘r (yirtqich) hayvonlar kiradi. Uchinchi va undan
keyingi tartib konsumentlariga ikkinchi va undan keyingi tartib konsumentlarni
iste’mol qiladigan yirtqichlar kiradi. Hammaxo‘r konsumentlar, masalan,
to‘ng‘izlar birinchi va ikkinchi tartib konsumentlari, yirtqichlar esa, masalan,
bo‘rilar ikkinchi va uchinchi tartib konsumentlari bo‘lishi mumkin. O‘simlik va
go‘sht mahsulotlarini birday iste’mol qiladigan hayvon turlarini hammaxo‘rlar
94
deyiladi. Bunday turlarga suvaraklar, tuyaqushlar, kalamushlar, cho‘chqalar,
qo‘ng‘ir ayiq misol bo‘ladi. Ekosistemada konsumentlar tartibi soni produtsentlar
hosil qiladigan biomassa hajmiga bog‘liq holda cheklangan bo‘ladi.