Redutsentlar (destruktorlar) – hayot faoliyati davomida organik qoldiq-
larni anorganik moddalarga aylantiradigan, natijada ulardagi element larni
moddalarning davriy aylanishiga qaytaradigan organizmlar (tuproq bakteriyalari
va zamburug‘lar). Redutsentlar nobud bo‘lgan o‘simlik va hayvon qoldiqlari
bilan oziqlanib, ularni parchalaydi va chiritadi. Ular parchalanishning oxirgi
bosqichi (organik birikmalarning anorganik moddalargacha minerallashuvi)da
qatnashadi. Ular moddalarni produtsentlar o‘zlashtira oladigan shaklda davriy
aylanishga qaytaradi.
Chiriyotgan o‘simlik, zamburug‘ va hayvon qoldiqlari
detrit deyiladi.
Detritning parchalanishida detritofaglar va redutsentlar qatnashadi. Detritofag-
larga eshakqurt, ayrim kanalar, ko‘poyoqlilar, o‘limtikxo‘r qo‘ng‘izlar, ayrim
hasharotlar va ularning lichinkalari, chuvalchanglar misol bo‘ladi. Detrito-
faglar konsumentlar hisoblanadi.
Oziq zanjiri va oziq to‘ri. Ekosistema bargarorligining eng muhim
sharti moddalar va energiya aylanishini ta’minlashdir. Turli funksional
guruhlarga mansub bo‘lgan turlar o‘rtasidagi trofik (oziq) bog‘lanishlar
natijasida moddalarning davriy aylanishi amalga oshadi. Produtsentlar
quyosh energiyasi hisobiga anorganik moddalardan sintezlagan organik
birikma oziq bog‘lanishlar asosida konsumentlarga o‘tadi va kimyoviy
o‘zgarishlarga uchraydi. Redutsentlarning hayot faoliyati natijasida asosiy
biogen elementlar organik birikmalardan anorganik moddalar (CO
2
, NH
3
,
H
2
S, H
2
O) hosil bo‘ladi. Produtsentlar anorganik moddalardan organik
birikmalarni hosil qilib, ularni qaytadan moddalarning davriy aylanishiga
kiritadi.
Ekosistemada moddalarning aylanishi to‘liq amalga oshishi uchun har
uchta funksional guruh organizmlari bo‘lishi zarur. Ular o‘rtasida trofik
(oziq) zanjir hosil bo‘lgan holda trofik bog‘lanishlar ko‘rinishidagi doimiy
munosabatlar amalga oshishi zarur.