99
5.
Redutsentlar ekosistemada qanday funksiyani bajaradi? Redutsentlarga mi-
sol lar keltiring.
6. Ekosistemaning trofik darajasi deb nimaga aytiladi? Ekosistemaning turli
trofik darajalariga qanday organizmlar kiradi? Ekosistemalarda
trofik darajalar
sonining cheklanganligi nima bilan bog‘liq ekanini tushuntirib bering.
Mustaqil bajarish uchun topshiriqlar.
1. Quyidagi berilgan organizmlar ishtirokida o‘tloq tipidagi oziq zanjirini
tuzing: tog‘ terak, qizilishton, chittak, laylak,
oq qayin, kapalak qurti, kalxat.
2. Quyidagi berilgan organizmlar ishtirokida detrit tipidagi oziq zanjirini tuzing:
ilon, nobud bo‘lgan qush, tuproq bakteriyalari,
pashsha lichinkalari, baqa,
mog‘or zamburug‘lari, mineral moddalar.
3. Oziq zanjiri turlari va ularning bo‘g‘inlari orasidagi muvofiq likni aniqlang.
Oziq zanjirlari: A. O‘tloq tipidagi oziq zanjiri. B. Detrit tipidagi oziq zanjiri.
1) qu yon; 2) ko‘l baqasi; 3) mog‘or zamburug‘lari; 4) ninachi; 5) tuproq
bakteriyalari; 6) te rak; 7) spirogira; 8) sazan; 9) yomg‘ir
chuvalchangi;
10) xon gul; 11) eshak qurt; 12) o‘lim tikxo‘r qo‘ng‘iz; 13) o‘tlar; 14) suvsar;
15) qirg‘iy.
4. Agar redutsentlar soni keskin qisqarsa, ekosistemada
yuzaga keladi gan eko-
logik holatlarning oqibatlarini ayting.
5. Berilgan rasmlardan foydalanib, tabiiy ekosistemada moddalar va energiyaning
oziq to‘ri orqali berilishini sxemada tegishli raqamlar bilan ifoda eting.
1) qirg‘iy
2) tulki
3) chittak
4) karam kapalagi
5) tovushqon
6)
sichqon
7) o‘simliklar
8) baqa
9) ilon
10) chigirtka