87
strukturasini belgilaydi. Biotsenozga vertikal yaruslilik
va gorizontal mozaik
struktura xosdir.
Quruqlik biotsenozlarida vertikal strukturaning shakllanishida bo‘yi tur licha
balandlikdagi o‘simliklar asosiy rol o‘ynaydi. Yarus – biotsenozda birga likda
o‘sadigan, bir-biridan balandligi bilan farqlanadigan turli guruhlarga man sub
bo‘lgan o‘simlik turlaridir. Turli yaruslar o‘simliklarning xilma-xil hayotiy shakl-
la ridan hosil bo‘ladi. Yuqori yarusni yorug‘sevar o‘simliklar tashkil etadi. Past ki
yarusda
soyaga chidamlilari, eng quyida esa soyasevar o‘simlik turlari o‘sadi.
O‘simliklarning bunday joylashishi quyosh energiyasini to‘liq o‘zlashti-
rilishini ta’minlaydi. Birinchi yarusni baland daraxtlar (eman, terak, shumtol,
jo‘ka), ikkinchi yarusni unchalik baland bo‘lmagan daraxtlar (yovvoyi olma,
nok, chetan) tashkil qiladi. Uchinchi yarus butalar (o‘rmon yong‘og‘i,
kalina), to‘rtinchisi baland o‘tlar va chala butalardan, beshinchi yarus baland
bo‘lmagan o‘tlar (yertut, yo‘sinlar)dan tashkil topgan (19-rasm).
Biotsenozdagi hayvon turlarining tarqalishi fitosenozning muayyan yaruslariga
bog‘liq bo‘ladi. Birinchi yarusda daraxtlarning barglari bilan oziqlanadigan
hasharotlar uchraydi. Ikkinchi yarusni qushlar va daraxtlarning tanasidagi
zararkunandalar – po‘stloqxo‘r va mo‘ylovdor qo‘ng‘izlar egallaydi. Keyingi
pog‘onalarda
yirtqich va tuyoqli hayvonlar, qushlar, kemiruvchilar yashay-
di. Beshinchi yarus kanalar, ko‘poyoqlilar va boshqa mayda hayvonlarga boy
bo‘ladi.
Yaruslilikning paydo bo‘lishi har xil turlarning
bir-biriga uzoq muddat
davomida moslanishlari va turlararo munosabatlarning shakllanishi natija si-
dir. Yaruslilik turlarning yashash joyi, yorug‘lik va oziq manbayiga bo‘l-
gan raqobatini sezilarli darajada pasaytiradi. Natijada maydon birligidagi
19-rasm.
Bargli o‘rmonning vertikal strukturasi (yarusliligi).
O‘tlar
Butalar
Yorug‘sevar
daraxtlar
Soyaga
chidamli
daraxtlar
Yaruslar
88
organizmlar soni ortadi, biotopning resurslaridan to‘liq va ratsional
foydalaniladi.
Dostları ilə paylaş: