254
katlari va bema’ni qiliqlarining muhokamasidir. Pedagogika fanida ushbu
vosita tarbiyalashning eng so‘nggi metodi sifatida ifodalanadi. Ushbu
metod turlari, qo‘llanilayotgan boshqa tarbiyaviy metodlar istalgan
tarbiyaviy maqsadga erishishda
imkoniyat bermagandagina, qo‘llanilishi
mumkin.
XX asrning o‘rtalarida pedagogikada majburlashdan shaxsni kam-
situvchi va salbiy oqibatlarga olib keluvchi tarbiyalash metodi sifatida
foydalanish rad etilgan. Biroq, keyinchalik majburlashdan pedagogik
jihatdan to‘g‘ri foydalanish qonuniy deb e’tirof etildi: u uyat,
or-nomus
tuyg‘ulari o‘quvchida bo‘lmaganda, uning xatti-harakati salbiy oqibat-
larga olib keladigan holatlarda, tarbiyalanuvchining xulq-atvorini tuzata-
di, unga xatosini tushunib etishga imkoniyat beradi.
Tarbiyaviy faoliyatda majburlash metodi shaxsning qadr-qimmatini
kamsitmaydigan puxta o‘ylangan xatti-harakatlar asosida olib boriladi va
uni amalga oshirishda bunday vositalarning tanlanishi chuqur tahlil talab
qilinishini hisobga olish zarur. Ular qatoriga o‘qituvchining tanbehlari
yoki qat’iy
talablari, yanada jiddiy mas’uliyatga ehtimolli jalb etish
to‘g‘risidagi ogohlantirish, jamoada muhokama qilish yoki pedagogik
kengashga
chaqirish, boshqa sinfga yoki maktabga o‘tkazish, umum-
ta’lim muassasasidan haydashni kiritish mumkin.
Ilmiy pedagogik adabiyotlarda tarbiyalashning ko‘rib chiqilgan
pedagogik vositalaridan tashqari shaxs bilan tarbiyaviy o‘zaro ta’sir
ko‘rsatishning ayrim umumiy usullari ham o‘z aksini topadi. Ular qato-
riga
pedagogik
faoliyatning yangi turlarini joriy etish, muomala ma’no-
sini o‘zgartirish,
kabilarni kiritish mumkin.
Biroq ularning mazmuni
tarbiyalanuvchilarning ongiga ta’sir ko‘rsatishdan iborat hamda ma’no
jihatidan yuqorida ko‘rib chiqilgan tarbiyalash metodlarini o‘z ichiga
oladi.
Tajribali o‘qituvchi bir vaqtning o‘zida psixologik tarbiyaviy ta’sir
metodlaridan ham foydalanish etarli darajada samara berishini biladi.
Ta’kidlab o‘tilganidek, o‘qituvchi tomonidan qo‘llaniladigan pedagogik
vositalar o‘quvchilarning ongiga yo‘naltirilgan. Pedagogik tajribalarning
ko‘rsatishicha, og‘zaki bo‘lmagan ta’sir ko‘rsatish metodlari (mimika,
pantomimika,
imo-ishora, holat, xatti-harakatlar, ko‘zlarning ifodasi,
ovoz intonatsiyasi), his-tuyg‘uga yo‘naltirilgan ta’sir ko‘rsatish metodlari
(birgalikda qayg‘urish, g‘azablanish, xursand bo‘lish) va oqilona ta’sir
ko‘rsatish metodlari (asosiy vosita — ishontirish) juda samarali hisob-
lanadi. Shu bilan birga psixologik metodlar ham,
pedagogik metodlar
255
bilan bir vaqtda qo‘llanilishi o‘qituvchining o‘quvchi shaxsiga
tarbiyaviy
ta’sir etishni kuchaytiradi.
Tarbiya texnologiyalarida foydalaniladigan, ko‘rib chiqilgan metod-
lar uning masalalarini yanada to‘liqroq hal etish uchun shart-sharoitlarni
yaratgan holda, tarbiyalashning barcha shakllarida amalga oshiriladi.
Biroq ularni tanlash, o‘zlashtirish va amalga oshirishda ko‘pgina omil-
larga, jumladan, milliy an’analar, urf-odatlar, pedagogikaga xos bo‘lgan
holatlarga e’tibor berish zarur.
Barcha pedagogik holatlarda mutlaqo “to‘g‘ri” bo‘lgan tarbiyaviy
metodlar mavjud bo‘lmaydi. O‘qituvchi tarbiyaviy maqsadlarga erishish
uchun, odatda, muayyan vaqtga mo‘ljallangan, o‘zining pedagogik o‘zaro
ta’sir ko‘rsatish strategiyasini yaratgan holda tarbiyaviy metodlar maj-
muasidan foydalanadi. Mohir o‘qituvchi o‘zining rang
-
barang tarbiyaviy
metodlariga ega bo‘ladi va muayyan bir holat uchun ularning muqobil
variantlarini topib qo‘llaydi. Tarbiyaviy metodlarni qo‘llashning o‘z
texnikasi mavjud bo‘lib, u o‘qituvchining pedagogik mahoratiga bog‘liq.
A.S.Makarenko
aytganidek,
“o‘quvchilar o‘qituvchining tarbiyachi
sifatidagi ta’sirini, uning tashqi ko‘rinishidan, boy ma’naviyatidan,
notiqlik san’atidan, so‘z intonatsiyasini mukammal o‘z o‘rnida qo‘llay
olishidan, yuz ifodasidan o‘zlariga qabul qiladilar”.
Dostları ilə paylaş: