O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi a’zam xoliqov



Yüklə 2,85 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/284
tarix27.09.2023
ölçüsü2,85 Mb.
#149296
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   284
“Tarbiyachilarning o‘ziga zamonaviy bilim 
berish, ularning ma’lumotini, malakasini oshirish kabi paysalga solib 
bo‘lmaydigan dolzarb masalaga duch kelmoqdamiz. Mening fikrimcha, 
ta’lim – tarbiya tizimini o‘zgartirishdagi asosiy muammo shu erda. 
O‘qituvchi o‘quvchilarimizga zamonaviy bilim bersin, deb talab qilamiz. 
Ammo zamonaviy bilim berish uchun, avvalo, murabbiyning o‘zi ana 
shunday bilimga ega bo‘lishi kerak”
1
- deb ta’kidlaydi. Darhaqiqat, har 
bir yosh mutaxassisni puxta ilmiy – nazariy bilimlar bilan qurollantirish, 
egallagan ilmiy bilimlarni amaliy faoliyatda qo‘llash uchun ko‘nikma va 
malakalarini rivojlantirish albatta oson ish emas. O‘qishga ilmiy, ongli 
munosabat bilan qaraydigan, mustaqil fikrlaydigan, mukammal ma’lu-
motlarni egallashga layoqatli, bilish faolligi va aqliy mehnat mada-
niyatini o‘zida mujassamlashtirgan yoshlarni voyaga etkazish – muhim 
vazifadir. Kasbiy pedagogik ta’lim yo‘nalishida “Pedagogik mahorat” 
1
Karimov I.A. Barkamol avlod – O‘zbekiston taraqqiyotining poydevori. – Toshkent, 1997, 7 – bet. 


10 
fanini o‘qitishni yanada takomillashtirish, uning samaradorligini oshi-
rishga e’tiborni kuchaytirish hozirgi kunning dolzarb muammosi sifatida 
tan olinmoqda.
Darslik hozirgi paytda o‘qituvchi mahoratini zamon talablari daraja-
sida rivojlantirish yuzasidan tadqiq qilingan so‘nggi ilmiy yangiliklar, 
axborot kommunikatsion texnologiyalarning o‘qituvchi kasbiy mahora-
tini oshirishdagi ma’lumotlar bilan boyitildi. Mazkur ma’lumotlar oliy 
ta’lim muassasalari o‘qituvchi va talabalariga mo‘ljallangan bo‘lib, bo‘-
lajak o‘qituvchilarning kasbiy mahoratini oshirish, nazariy va amaliy 
bilimlarini chuqurlashtirish uchun muhim ahamiyatga ega. 


11 

Yüklə 2,85 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   284




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin