17
qobiliyati, tashkilotchiligi,
notiqlik madaniyati, chuqur va keng ilmiy
saviyasi, kasbiy layoqatliligi, ma’naviy ehtiyoji va qiziqishi,
intellekti,
yangilikni anglay va qo‘llay olishi, kasbiy ma’lumotni muntazam oshi-
rishga nisbatan intilishi va boshqa fazilatlari kiradi.
O‘qituvchilarning kasbiy pedagogik tayyorgarligi shartli ravishda
quyidagi yo‘nalishlarda olib boriladi:
1) O‘qituvchining shaxsiy fazilatlar bo‘yicha tayyorgarligi.
2) O‘qituvchining ruhiy – psixologik tayyorgarligi.
3) O‘qituvchining ijtimoiy – pedagogik va ilmiy – nazariy jihatdan
tayyorgarligi.
4) O‘qituvchining maxsus va ixtisoslikka oid uslubiy bilimlarni
egallab borishi.
Yana ta’kidlash joizki, pedagogik mahorat o‘qituvchilar hamda tar-
biyachilar shaxsiy va kasbiy sifatlarining yig‘indisi bo‘lib, o‘qituvchi
mahoratini shakllantirishni ta’minlovchi
omillarni, pedagogik–psixo-
logik, metodik bilimlarni doimiy egallab borishi lozim. Yuksak peda-
gogik mahoratni shakllantirishni ta’minlovchi
omillar
quyidagilar:
a) ixtisoslik bo‘yicha o‘quv predmetini, zamon, ilm–fan, texnika
taraqqiyoti
darajasida mukammal bilishi, uning boshqa o‘quv fanlari
bilan o‘zaro aloqadorligini ta’minlash malakasiga ega bo‘lishi;
b) ta’lim oluvchilarning yosh, fiziologik, psixologik hamda shaxsiy
xususiyatlarini hisobga olishi, ularning faoliyatini obyektiv nazorat
qilishi
va baholashi;
v) ta’lim jarayonini demokratlashtirish va insonparvarlashtirish aso-
sida o‘z faoliyatini tashkil etishi;
g) o‘quv – tarbiyaviy jarayonni zamon talablari darajasida tashkil
qilish uchun asosiy pedagogik– psixologik va metodik ma’lumotlarga
ega bo‘lishi;
d) fanlarni o‘qitish jarayonida zamonaviy axborot texnologiyalari
imkoniyatlaridan keng foydalanishni bilishi;
e) jamoani «ko‘ra bilish», o‘quvchilarning
qiziqishlari, intilishlari,
ularning hayot faoliyatlarida uchraydigan qiyinchiliklarni tushunish va
hamdard bo‘la olish, o‘z vaqtida ular fikrini anglay bilish, zukkolik bilan
har bir bolaning xarakter xususiyati, qobiliyati, irodasini tushunish ham-
da ularga muvaffaqiyatli ta’sir ko‘rsatishning shakl, usul, vositalaridan
xabardor bo‘lishi;
j) o‘z shaxsiy sifatlari (nutqining ravonligi, tashkilotchilik qobiliyati, ba-
diiy ehtiyoji, didi va hokazo) ni takomillashtirish malakasiga ega bo‘lishi.
18
O‘qituvchining pedagogik mahorati pedagogika oliy ta’lim muassa-
salarida shakllanib boradi. Yuksak saviyali
pedagogik kadrlar tayyor-
lashga nisbatan talablar, ularning malakasini oshirish va qayta tayyorlash
tizimini takomillashtirish, o‘z kasbi bilan uzluksiz taraqqiyotga moslasha
oladigan o‘qituvchining shakllanishi, bo‘lajak o‘qituvchi umummilliy
mavqeining o‘sib borishini ta’minlaydi.
Dostları ilə paylaş: