asosiy tashkil
etuvchilari hisoblanadi:
2-chizma.
Shuni alohida qayd etib o‘tish zarurki, o‘qituvchilik kasbi murakkab
va mas’uliyatli jarayondan iborat. Ushbu kasbning sharafliligi va murak-
kabligi shu bilan belgilanadiki, o‘qituvchi doimo ongning yagona sohibi
bo‘lmish insonning ta’lim–tarbiyasi bilan shug‘ullanib, u bilan muloqot
olib boradi. Ongli va tirik jonzot esa aqliy, ruhiy hamda jismoniy jihat-
dan doimo rivojlanishda bo‘ladi. Shu sababli, bo‘lajak o‘qituvchilar
tarbiyalanuvchi bilan doimiy muloqotda bo‘lishi, unga ta’sir ko‘rsatish
uchun muntazam ravishda psixologiya va tarbiya nazariyasini mukammal
o‘rganib, o‘z kasbiy faoliyatini muttasil rivojlantirib borishi kerak.
O‘qituvchilarning shaxsiy fazilatlari sirasiga iymon–e’tiqodi, dunyo-
qarashining kengligi, faolligi, odob–axloqi, fuqarolik burchini his qilishi,
ma’naviyati, dilkashligi, talabchanligi, qat’iyligi va o‘z maqsadlariga
intilishi, insonparvarligi, huquqiy bilimdonligi mamlakatimizning ijtimo-
iy–siyosiy talablariga o‘z fikr-mulohazasi bilan faol ishtirok etishi kiradi.
O‘qituvchilarning kasbiy xususiyatlariga: o‘z kasbini, bolalarni sevi-
shi, ziyrakligi, hozirjavobligi, vazminligi, pedagogik nazokati, tasavvuri,
PEDAGOGIK MAHORATNING TASHKIL ETUVChI
KOMPONENTLARI
O‘qituvchilik kasbiga sadoqat;
o‘z fanining o‘qitish metodikasini mukammal bilishi;
pedagogik qobiliyatlarini namoyish eta olishi;
pedagogik texnikani o‘z o‘rnida qo‘llay bilishi.
17
qobiliyati, tashkilotchiligi, notiqlik madaniyati, chuqur va keng ilmiy
saviyasi, kasbiy layoqatliligi, ma’naviy ehtiyoji va qiziqishi, intellekti,
yangilikni anglay va qo‘llay olishi, kasbiy ma’lumotni muntazam oshi-
rishga nisbatan intilishi va boshqa fazilatlari kiradi.
O‘qituvchilarning kasbiy pedagogik tayyorgarligi shartli ravishda
quyidagi yo‘nalishlarda olib boriladi:
1) O‘qituvchining shaxsiy fazilatlar bo‘yicha tayyorgarligi.
2) O‘qituvchining ruhiy – psixologik tayyorgarligi.
3) O‘qituvchining ijtimoiy – pedagogik va ilmiy – nazariy jihatdan
tayyorgarligi.
4) O‘qituvchining maxsus va ixtisoslikka oid uslubiy bilimlarni
egallab borishi.
Yana ta’kidlash joizki, pedagogik mahorat o‘qituvchilar hamda tar-
biyachilar shaxsiy va kasbiy sifatlarining yig‘indisi bo‘lib, o‘qituvchi
mahoratini shakllantirishni ta’minlovchi omillarni, pedagogik–psixo-
logik, metodik bilimlarni doimiy egallab borishi lozim. Yuksak peda-
gogik mahoratni shakllantirishni ta’minlovchi
omillar
quyidagilar:
a) ixtisoslik bo‘yicha o‘quv predmetini, zamon, ilm–fan, texnika
taraqqiyoti darajasida mukammal bilishi, uning boshqa o‘quv fanlari
bilan o‘zaro aloqadorligini ta’minlash malakasiga ega bo‘lishi;
b) ta’lim oluvchilarning yosh, fiziologik, psixologik hamda shaxsiy
xususiyatlarini hisobga olishi, ularning faoliyatini obyektiv nazorat
qilishi va baholashi;
v) ta’lim jarayonini demokratlashtirish va insonparvarlashtirish aso-
sida o‘z faoliyatini tashkil etishi;
g) o‘quv – tarbiyaviy jarayonni zamon talablari darajasida tashkil
qilish uchun asosiy pedagogik– psixologik va metodik ma’lumotlarga
ega bo‘lishi;
d) fanlarni o‘qitish jarayonida zamonaviy axborot texnologiyalari
imkoniyatlaridan keng foydalanishni bilishi;
e) jamoani «ko‘ra bilish», o‘quvchilarning qiziqishlari, intilishlari,
ularning hayot faoliyatlarida uchraydigan qiyinchiliklarni tushunish va
hamdard bo‘la olish, o‘z vaqtida ular fikrini anglay bilish, zukkolik bilan
har bir bolaning xarakter xususiyati, qobiliyati, irodasini tushunish ham-
da ularga muvaffaqiyatli ta’sir ko‘rsatishning shakl, usul, vositalaridan
xabardor bo‘lishi;
j) o‘z shaxsiy sifatlari (nutqining ravonligi, tashkilotchilik qobiliyati, ba-
diiy ehtiyoji, didi va hokazo) ni takomillashtirish malakasiga ega bo‘lishi.
18
O‘qituvchining pedagogik mahorati pedagogika oliy ta’lim muassa-
salarida shakllanib boradi. Yuksak saviyali pedagogik kadrlar tayyor-
lashga nisbatan talablar, ularning malakasini oshirish va qayta tayyorlash
tizimini takomillashtirish, o‘z kasbi bilan uzluksiz taraqqiyotga moslasha
oladigan o‘qituvchining shakllanishi, bo‘lajak o‘qituvchi umummilliy
mavqeining o‘sib borishini ta’minlaydi.
Dostları ilə paylaş: |