O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi a’zam xoliqov


Bu maqsad bo‘lajak o‘qituvchilarning quyidagi vazifalarni mun-



Yüklə 2,85 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/284
tarix27.09.2023
ölçüsü2,85 Mb.
#149296
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   284
Bu maqsad bo‘lajak o‘qituvchilarning quyidagi vazifalarni mun-
tazam bajarib borishlari orqali amalga oshiriladi: 
1. Bo‘lajak o‘qituvchilar pedagogik mahoratning nazariy va meto-
dologik asoslari bilan qurollantiriladilar. 
2. Pedagogik mahorat fanining pedagogik texnika, pedagogik ham-
korlik (muloqot), pedagogik nazokat, pedagogik qobiliyat, tarbiyachilik 
mahorati, ta’lim jarayonini boshqarish, nutq madaniyati, tarbiya texno-
logiyasi, pedagogik ijodkorlik, refleksiya kabi tarkibiy qismlari to‘g‘ri-
sidagi bilimlar tizimini egallaydilar. 
3. Bo‘lajak o‘qituvchilar milliy urf–odat va an’analarimizda va O‘rta 
Osiyo mutafakkirlarining boy ijodiy meroslarida aks etgan pedagogik 
mahorat sirlarini mustaqil egallashga nisbatan o‘zlarida ehtiyoj va 
havasni rivojlantirib boradilar. 


15 
4. Egallangan pedagogik–psixologik va metodik bilimlar, ko‘nikma 
va malakalar to‘g‘risidagi ma’lumotlar asosida har bir bo‘lajak o‘qituvchi 
o‘zining shaxsiy pedagogik mahoratini shakllantiradi. 
5. O‘quv–tarbiyaviy jarayonni jahon andozalariga xos so‘nggi zamo-
naviy metod va shakllar asosida tashkil etish va boshqarishni amalga 
oshirishning nazariy va amaliy asoslarini muntazam o‘zlashtiradilar. 
6. O‘qituvchilar o‘z kasbiy mahoratlarini takomillashtirishlari uchun 
shaxsiy–ijodiy malaka oshirishning shakl, usul va vositalarini egal-
laydilar. 
7. Tarbiyachi mahoratining mohiyati, funksiyasi, tuzilishi to‘g‘risida 
o‘qituvchilar uzluksiz ma’lumotlarni o‘rganib boradilar. 
8. Yuksak zamonaviy axborot texnologiyalari va portal tizimidan 
erkin foydalanish asosida o‘z kasbiy mahoratlarini shakllantiradilar.
Bu maqsad va vazifalarning hal etilishi o‘qituvchilar va tarbiyachi-
larni zamon bilan hamnafas bo‘lishga, yoshlarni tarbiyalash dardi bilan 
yashash va kelajakni aniq ko‘ra olishga o‘rgatadi. Har bir o‘qituvchi 
shaxsida mamlakatimizning dolzarb muammolarini, maqsad va vazifa-
larini vijdonan tasavvur qilib, aniq bajarib borishi uchun shijoat bilan o‘z 
imkoniyati, bilimi, tajribalarini ishga solishga o‘rgatadi hamda pedagogik 
faoliyatga ijodiy yondashish malakalariga ega bo‘lishni tarbiyalaydi.
Xo‘sh pedagogik mahoratning o‘zi nima? Unga hozirgi zamon fani 
nuqtai nazaridan quyidagicha ta’rif beriladi:
Pedagogik mahorat – o‘qituvchilarning shaxsiy (bolajonligi, xayri-
xohligi, insonparvarligi, mehribonligi va h.k.) va kasbiy (bilimdonligi, 
zukkoligi, fidoyiligi, ijodkorligi, qobiliyati va hokazo.) fazilatlarini 
belgilovchi xususiyat bo‘lib, o‘qituvchilarning ta’lim-tarbiyaviy faoliyati-
da yuqori darajaga erishishini, kasbiy mahoratini doimiy takomillash-
tirib borish imkoniyatini ta’minlovchi faoliyatdir. U o‘z fanini mukammal 
bilgan, pedagogik–psixologik va metodik tayyorgarlikka ega bo‘lgan, 
o‘quvchilarni o‘qitish, tarbiyalash va rivojlantirishning optimal yo‘lla-
rini izlab topish uchun, amaliy faoliyat olib boradigan har bir o‘qituv-
chining kasbiy faoliyatida namoyon bo‘ladi.
Shunday qilib, pedagogik mahorat egasi bo‘lish uchun o‘qituvchi o‘z 
o‘quv predmetini davr talablari asosida bilishi pedagogik va psixologik 
bilimlarga ega bo‘lishi, hamda insoniylik, izlanuvchanlik va fidoyilikni 
o‘zida tarkib toptirishi lozim. I.P. Rachenko pedagogik mahoratni peda-
gogik san’atning bir qismi sifatida ta’riflab, shunday yozadi: “pedagogik 


16 
mahorat deganda o‘qituvchining pedagogik–psixologik bilimlarni, kasbiy 
malaka va ko‘nikmalarni mukammal egallashi, o‘z kasbiga qiziqishi, 
rivojlangan pedagogik fikrlashi va intuitsiyaci, hayotga axloqiy–estetik 
munosabatda bo‘lishi, o‘z fikr-mulohazasiga ishonchi va qat’iy irodasi 
tushuniladi”. Tadqiqotchilarning fikriga ko‘ra, quyidagi to‘rtta kompo-
nent pedagogik mahoratning 

Yüklə 2,85 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   284




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin