O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi a’zam xoliqov



Yüklə 2,85 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/284
tarix27.09.2023
ölçüsü2,85 Mb.
#149296
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   284
pedagogik faoliyatlar
tizimi to‘g‘risida ma’lumotlar 
beradi. Pedagogik mahorat o‘qituvchilarning pedagogik faoliyati zami-
rida takomillashib boradi.
Pedagogik faoliyat yosh avlodni hayotga, mehnatga tayyorlash 
uchun jamiyat oldida, davlat oldida javob beradigan, ta’lim-tarbiya beri-
shda maxsus tayyorlangan o‘qituvchilar mehnati faoliyatidir. Bo‘lajak 
o‘qituvchilar o‘z pedagogik faoliyati jarayonida faoliyatning quyidagi 
tarkibiy qismlarini bilishi lozim: 
 
 
 
1-chizma. 
 
Pedagogik jarayonning mohiyatini anglamagan, bolaga nisbatan 
chuqur hurmatda bo‘lmagan o‘qituvchi ta’lim-tarbiya samaradorligi va 
inson kamolotini ta’minlovchi fikrga ega bo‘lmaydi. Pedagogik jara-
yonning vazifasi bilim berish, tarbiyalash, rivojlantirish bo‘lib, o‘qituv-
chilarning faoliyat mezonini begilab beradi. O‘qituvchilarning faoliyati 
pedagogik jarayonning harakat vositasidir. 
Pedagogik jarayonning 
O‘QITUVCHINING PEDAGOGIK 
FAOLIYATI TARKIBIY QISMLARI
 
Pedagogik faoliyatning maqsadi
 
Pedagogik faoliyatning obyekti va subyekti
Pedagogik faoliyatning vositasi


14 
obyektlari bo‘lmish tarbiyalanuvchi insonga, o‘quvchi va o‘quvchilar 
guruhiga hamda alohida o‘quvchiga, pedagogik jarayonning subyektlari 
─ ota-onalar, o‘qituvchilar, tarbiyachilar, sinf jamoasi, pedagogik jamoa 
mas’uldirlar va ular jamiyat talablari asosida ta’lim va tarbiya berish 
faoliyatini bajaradilar. O‘qituvchining pedagogik faoliyatida ijobiy nati-
jalarga erishishi, mehnat malakasini, ya’ni egallagan bilimlarini o‘zining 
hayotiy va amaliy faoliyatida nechog‘lik qo‘llay bilishi bilan belgilanadi.
O‘qituvchilarning pedagogik faoliyati samarali bo‘lishi uchun 
zarur bo‘lgan qobiliyatlar tizimini: bilim, bolani tushuna olish, kuza-
tuvchanlik, nutq malakasi, tashkilotchilik, kelajakni ko‘ra bilish, diqqatni 
taqsimlab olish, vaziyatni to‘g‘ri baholash, yuzaga kelish ehtimoli 
bo‘lgan har xil ziddiyatlarni o‘z vaqtida bartaraf etish, o‘quvchilarni 
bilim olishga qiziqtirish kabilar tashkil etadi.
Mazkur fanning mazmunidan kasbga doir topshiriq va vazifalarni 
echish uchun o‘quv – tarbiya jarayonini boshqarish, unga rahbarlik 
qilishda pedagogik–psixologik ta’limot nuqtai – nazaridan yondashish, 
ta’lim – tarbiyani milliy an’analarimiz ruhida zamonaviy metodlar aso-
sida modellashtirish, o‘quv – tarbiyaviy jarayonda ilg‘or pedagogik tex-
nologiyalarni tatbiq etish uchun o‘qituvchi mahoratining zarurligi haqi-
dagi ma’lumotlar va ularni takomillashtirish tizimlari o‘rin olgan.
Shunga ko‘ra, «Pedagogik mahorat» fani kasbga oid bilim va qobili-
yatlarni o‘qituvchilarda shakllantirish, ijodkorlikni tarbiyalash, mahorat, 
ko‘nikma va malakalarni egallashlari uchun, pedagogik texnika, pedago-
gik hamkorlik, pedagogik nazokat, nutq madaniyati to‘g‘risida ma’lu-
motlar berib boradi.

Yüklə 2,85 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   284




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin