10
fanini o‘qitishni yanada takomillashtirish,
uning samaradorligini oshi-
rishga e’tiborni kuchaytirish hozirgi kunning dolzarb muammosi sifatida
tan olinmoqda.
Darslik hozirgi paytda o‘qituvchi mahoratini zamon talablari daraja-
sida rivojlantirish yuzasidan tadqiq qilingan so‘nggi ilmiy yangiliklar,
axborot kommunikatsion texnologiyalarning o‘qituvchi
kasbiy mahora-
tini oshirishdagi ma’lumotlar bilan boyitildi. Mazkur ma’lumotlar oliy
ta’lim muassasalari o‘qituvchi va talabalariga mo‘ljallangan bo‘lib, bo‘-
lajak o‘qituvchilarning kasbiy mahoratini oshirish,
nazariy va amaliy
bilimlarini chuqurlashtirish uchun muhim ahamiyatga ega.