O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi a’zam xoliqov



Yüklə 2,85 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə14/284
tarix27.09.2023
ölçüsü2,85 Mb.
#149296
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   284
Shaxsiy sifatlar tizimida:
milliy mafkuraviy onglilik, milliy odob-
lilik, farosat, nozik didlik, o‘z kasbiga sadoqat va vijdoniylik, tashab-
buskorlik, bolajonlik, talabchanlik, adolatparvarlik, pedagogik odob, 
tadbirkorlik, qat’iylik, har qanday vaziyatda o‘zini idora qila olish, 
millatlararo muloqot madaniyati, kuzatuvchanlik, samimiylik, topqirlik, 
kelajakka ishonch, xushmuomalalilik kabi fazilatlarga ega bo‘lishi kerak. 
3
Zaripov K. O‘qituvchilar malakasini oshirishda maktab rahbarining roli. – T.: “O‘qituvchi”, 1993, 97 – bet. 
4
Ochilov M. , Ochilova N. “O‘qituvchi odobi”. – T.: “O‘qituvchi”, 1997, 6-bet. 


27 
Kasbiy sifatlar tizimida:
pedagogik ziyraklik, O‘zbekistonning o‘z 
istiqlol va taraqqiyot yo‘li mohiyati, beshta tamoyil rivojlanishining 
ma’naviy – axloqiy negizlarini bilishi, milliy tarbiya mohiyati va maz-
munini chuqur anglash, chuqur ilmiy nazariy salohiyati, pedagogik ijod, 
o‘z fanining tarbiyaviy imkoniyatlarini mukammal bilish, pedagogik 
bilimlarni takomillashtirishga intilish, mamlakatimiz Prezidentining 
ichki va tashqi siyosatidan xabardorlik, o‘zbek xalqining an’analari, qad-
riyatlari, urf – odatlarini yaxshi anglashi, siyosat, tarix, madaniyat, 
ma’naviyat, adabiyot va san’at, axloqshunoslik, dinshunoslik, huquqshu-
noslik, o‘lkashunoslik, texnikaga oid ma’lumotlardan xabardorlik, etno-
pedagogika, etnopsixologiyaga oid bilimlarga ega bo‘lish va hokazo. 
Bo‘lajak o‘qituvchilarda yuqorida qayd qilingan milliy pedago-
gikaning faoliyatga tayyorlovchi shaxsiy va kasbiy sifatlariga ega qilish 
lozim. Bu hol kasbiy mahorat egasi bo‘lish va kadrlar tayyorlashning 
milliy dastur talablarini bajarishga yordam beradi. 
“Muallimning yuksak sifati uning aqli, ilmi, fikri, so‘zi, axloqu-
odobidadir,
– degan edi taniqli murabbiy, maktabshunos olim 
Hikmatulla Abdullayev o‘zining “Yashil daftar hikmati” asarida. – 
O‘qituvchining yuz qarashlari ham, gapirishlari ham, qalbi ham, 
ko‘rinishi ham, yurish-turishi ham, kiyinishi ham chiroyli va ibrat 
namunasi bo‘lsin. Ayniqsa, uning nutqi tushunarli, ravon, ta’sirli 
bo‘lishi darkor. U muloqotda bamisoli so‘z zargari ekanligini ko‘rsata 
olishi muhimdir. Shunga erishish kerakki, odamlar, ayniqsa, ota-
onalar va o‘qituvchilar uni rostgo‘y, halol, pokiza, sog‘lom fikrli, 
shafqatli va muruvvatli, insonparvar kishi sifatida e’tirof 
etsinlar”. 
O‘qituvchi «Sog‘lom avlod uchun» kurashchi, bor bilimi va 
tajribasini ta’lim-tarbiya ishiga bag‘ishlagan, o‘z qadrini, o‘z hurmati, 
o‘z obro‘sini saqlaydigan inson. Shuning uchun vaqt oltindan, duru-
gavhardan qimmatlidir. U har bir daqiqa vaqtni to‘g‘ri taqsimlaydigan, 
bajariladigan vazifalarni hisobga oluvchi, darsga tayyorlanishi, dars 
o‘tkazishni rejalashtiradigan, ta’lim muassasasining umumiy qo‘shim-
cha topshiriqlarini tez va sifatli bajaradigan hamda vaqtida ovqat-
lanish, vaqtida dam olishni biladigan intizomli shaxsdir. 
Ta’lim va tarbiya jarayoni har bir o‘qituvchidan ulkan aql-zakovat, 
sabr-toqat, matonat, o‘quvchilarga va o‘z kasbiga yuksak mehr-
muhabbatli bo‘lishni talab etadi. O‘qituvchining doimo izlanuv-
chan, bilim va tajribasini orttirib borishi, o‘quvchilarni chuqur tushu-


28 
nish, ularning ichki dunyosini payqay olishi, o‘sish va rivoj-
lanish darajalarini nazorat qilib borishi na zarur paytda so‘z, ish yoki 
amaliy harakat bilan yordam bera olish qobiliyati ta’lim va tarbiya 
jarayonining muvaffaqiyatini ta’minlovchi omillardir. 
Pedagogik kasb – bu barkamol inson sifatida xarakterlanuvchi 
ijtimoiy ahamiyatga molik fazilatlarning barqaror tizimidir. O‘qituvchi 
o‘z kasbiga ixlos qo‘yishi va uning ijtimoiy ahamiyatini tushunib 
etishi, bolalarga ta’sir o‘tkazishi va ular bilan hamdardligini namoyon 
qila olishi shunday fazilatlar majmuasidirki, ular o‘qituvchi faoliyati 
va muloqoti bilan uyg‘unlashganda o‘qituvchi mehnatining bir 
butunligiga erishiladi. 
O‘qitish va tarbiyalash – bular bir-biridan ancha farqli tushun-
chalardir. O‘qituvchi o‘z kasbining to‘la ma’nodagi egasi bo‘lishi 
uchun atrof-muhitidagi odamlar orasida hurmat–e’tibor qozona olishi 
kerak. O‘qituvchi hamma joyda madaniyatli murabbiy, ezgu fazilatlar 
egasi sifatida namuna bo‘lishi zarur.
O‘qituvchining mahorati pedagogika oliy ta’lim muassasalarida 
bilim va malakalarni egallash davridayoq, shakllanib boradi. Peda-
gogik kadrlar tayyorlash, ularning malakasini oshirish va qayta 
tayyorlash tizimi kasbga moslashishi, tanlangan kasb ichidagi 
uzluksiz taraqqiyotga moslasha oladigan, keng ma’nodagi o‘qi-
tuvchining shakllanishiga bo‘lgan talabga muvofiq, holda bilimlarning 
pedagogik-psixologik va umummilliy mavqeining o‘sib borishida 
aks etmog‘i lozim. 
Ayniqsa, o‘qituvchilarning qobiliyatida notiqlik san’ati qanchalik 
kuchli va ta’sirchan bo‘lsa, o‘quvchilar uning so‘zini zo‘r ishtiyoq 
bilan tinglaydi. O‘qituvchi o‘z kasbiga ixlos qo‘yib, o‘zining pedagogik 
iste’dodini, samimiy munosabatini o‘quvchilar orasida namoyon 
etsa, o‘qituvchi bilan o‘quvchilar orasidagi o‘zaro muloqot yuksak 
darajada mustahkamlanib boraveradi. 
O‘qituvchilik faoliyati ushbu kasbni tanlagan har bir yosh yigit va 
qizlardagi qobiliyat va iste’dodning barcha qirralarini ishga solishga 
majbur qiladi. A.S.Makarenkoning fikricha, 
“jamoada 40 ta 
qobiliyatsiz o‘qituvchi o‘rniga 4 ta qobiliyatli tarbiyachi-o‘qituvchi 
bo‘lgani ma’qul”
ligi haqida gapirgan edi. Bu bilan u qobiliyatsiz 
kishilar ta’lim-tarbiya ishiga katta zarar etkazishi mumkinligini 
alohida uqtiradi. 
Avvalo, o‘qituvchilar – ta’lim muassasasidagi ta’lim va tarbiyaviy 


29 
jarayonining asosiy tashkilotchilaridir. Yigit va qizlarning ma’lumot 
jihatidan umumiy tayyorgarlik darajasi hamda mustaqil ijodiy 
tafakkur taraqqiyoti, tarbiyalangan darajasi dastur va darsliklar -
gagina emas, balki o‘qituvchilarga, ularning mahorati hamda fuqa-
rolik hislatlariga ham taalluqli bo‘ladi. Shu boisdan ham pedagogika 
oliy ta’lim muassasalariga o‘qituvchilik kasbini sevgan, unga chin 
ko‘ngildan qiziqqan va moyilligi bo‘lgan iqtidorli yoshlargina qabul 
qilinishi lozim. 

Yüklə 2,85 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   284




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin