22
1.2. Pedagogik mahoratni egallash vositalari
O‘qituvchi barkamol avlodni tarbiyalash jarayonida ishtirok etar
ekan, nafaqat ma’naviy-axloqiy madaniyati bilan atrofdagilarga o‘rnak
bo‘lishi, shu bilan birga, pedagogik mahorat qirralarini namoyon eta
olishi, yetuk o‘qituvchi sifatida barkamol insonni tarbiyalashga, yuqori
malakali kadrlarni tayyorlash ishiga o‘zining munosib hissasini qo‘shishi
zarur.
Pedagogik mahorat – yuksak pedagogik tafakkur, ta’lim-tarbiya
jarayoniga ongli, ijodiy yondashuv, metodik bilimlarni samarali qo‘llay
olish qobiliyati bo‘lib, u doimiy ravishda pedagogik bilimlarni oshirib
borish, o‘tmish qadriyatlari, O‘rta Osiyo mutafakkirlari ijodiy merosida
yoritilgan murabbiylarni tayyorlash to‘g‘risidagi ma’lumotlar hamda
zamonaviy axborot texnologiyalari, portal yangiliklaridan xabardor bo‘-
lish, ilg‘or xorijiy davlatlarning o‘qituvchilar tayyorlash texnologiya-
larini nazariy jihatdan o‘rganish jarayonida tarkib topadi. Yosh o‘qituv-
chilarning, shuningdek, ta’lim muassasasida bir necha yillik mehnat
stajiga ega bo‘lgan o‘qituvchilarning pedagogik mahoratga ega bo‘lish-
lari o‘zlarini kasbiy jihatdan takomillashtirib borish yo‘lida bir qator
shartlarga amal qilishi hisobiga rivojlanib boradi. Ularni quyidagi
Dostları ilə paylaş: