20
ijobiy natijalar beradi. Binobarin, bunday muhitda o‘zaro fikr almashish,
shaxsiy mulohazalarni boshqalar tomonidan bildirilayotgan qarashlar
bilan
taqqoslab, ularning to‘g‘riligi, haqqoniyligiga ishonch hosil qilish,
mavjud bilimlarni yanada boyitish, xato yoki kamchiliklarni aniqlash
hamda ularni bartaraf etish yo‘llarini topish imkoniyati mavjud.
Buyuk nemis pedagogi Adolf Disterverg o‘qituvchining
doimiy
ravishda fanlarni mutolaa qilish bilan shug‘ullanishi haqida gapirib,
shunday degan edi:
“O‘qituvchi muntazam ravishda fan bilan shug‘ul-
lanmog‘i lozim. Aks holda u qurigan daraxt va toshga o‘xshab qoladi.
Qurigan daraxt va tosh meva bera olmaganidek, kelajakda bunday
o‘qituvchidan hech qanday natija kutib bo‘lmaydi”
.
Hozirgi zamon fan va texnikasi jadal sur’atda
rivojlanayotgan,
zamonaviy axborot texnologiyalarining salmog‘i keskin oshayotgan bir
davrda o‘qituvchi pedagogik mahoratini takomillashtirish muhim ahami-
yat kasb etadi. Agar, ilgari fanning biror sohasida ro‘y berayotgan yirik
kashfiyot qariyb o‘n besh yillik samarali va kishi zo‘rg‘a ishonadigan vo-
qea hisoblangan bo‘lsa, hozir har yili,
hatto har oyda fan, texnika soha-
sida yangi kashfiyotlar yaratilmoqda, bilimlarning ilgari noma’lum bo‘l-
gan yangi yo‘nalishlari maydonga kelmoqda. Kishilarda bilimga bo‘lgan
intilish beqiyos darajada o‘sib borayotir. Shuning uchun hozir kunda
o‘qituvchi faqat o‘z fani bo‘yicha emas, balki o‘z faniga yaqin bo‘lgan
sohalardagi yangiliklarni bilishi talab etiladi.
Bizga ma’lumki, ilg‘or jamiyat fuqarosining, xususan o‘qituvchining
ma’naviy boyligi uning keng dunyoqarashi,
teran fikrlash layoqati,
savodxonligi, yuksak insoniy fazilatlarga boyligi bilan baholanadi.
“
Barcha illatlarning kelib chiqishi ilmsizlikdandir”
degan edi yunon
faylasufi Sokrat. Shunday ekan, yosh avlodning yuksak bilim va tafakkur
sohibi bo‘lishi uchun barchamiz javobgarmiz. Bu javobgarlik ko‘proq
o‘qituvchilar zimmasida.
Darhaqiqat, o‘qituvchilarning obro‘-e’tiborini ta’minlaydigan ilk vo-
sita uning
Dostları ilə paylaş: