12
Pedagogik mahorat nima? Uning mohiyati nimalardan iborat? Ularni
egallash uchun nimalarni bilish kerak? Hozirgi zamon pedagogikasi va
psixologiyasi «pedagogik mahorat» tushunchasiga turlicha izoh beradi.
Jumladan, “Pedagogik ensiklopediya”da ta’rif quyidagicha izohlangan:
“O‘z kasbining mohir ustasi bo‘lgan, yuksak darajada madaniyatli, o‘z
fanini
chuqur biladigan, yondash fanlar sohalarini yaxshi tahlil eta ola-
digan, tarbiyalash va o‘qitish uslubiyatini mukammal egallagan muta-
xassis”. Ushbu ta’rifning mohiyatidan kelib chiqib o‘qituvchining peda-
gogik mahorati tushunchasi mazmunini shunday izohlash mumkin:
1. Madaniyatning yuqori darajasi, bilimdonlik va aql-zakovatning
yuksak ko‘rsatkichi.
2. O‘z faniga doir bilimlarning mukammal sohibi.
3. Pedagogika va psixologiya kabi fanlar sohasidagi bilimlarni
puxta
egallaganligi, ulardan kasbiy faoliyatida foydalana olishi.
4. O‘quv – tarbiyaviy ishlar metodikasini mukammal bilishi.
Pedagogik mahorat tizimi quyidagi o‘zaro bir-biri bilan bog‘liq
bo‘lgan asosiy komponentlardan iborat:
1.
Pedagogik insonparvarlik talablariga bo‘ysunishi.
2.
Kasbga oid bilimlarni boshqa fanlar bilan aloqadorlikda muka-
mmal bilish.
3.
Pedagogik qobiliyatga ega bo‘lish.
4.
Pedagogik texnika sirlarini puxta egallash.
Barcha kasblar orasida o‘qituvchilik kasbi o‘zgacha va muhim ijti-
moiy ahamiyat kasb etadi. Zero, o‘qituvchi yosh avlod qalbi kamoloti-
ning me’mori, yoshlarga ta’lim-tarbiya beruvchi insondir. Bugungi
kunda u yoshlarni g‘oyaviy – siyosiy jihatdan chiniqtirib tabiat, jamiyat,
ijtimoiy hayot, tafakkur taraqqiyoti qonuniyatlarini o‘rgatadi, yoshlarni
mehnat faoliyatiga tayyorlab, kasb–hunar sirlarini
puxta egallashlarida
ko‘maklashadi va jamiyat uchun muhim bo‘lgan ijtimoiy–iqtisodiy
vaziyatlarni hal etadi. Ana shu mas’uliyat o‘qituvchidan o‘z kasbining
mohir ustasi bo‘lishni, o‘quvchilarga tarbiyaviy ta’sir ko‘rsatib, ularning
qiziqishi, qobiliyati, iste’dodi, e’tiqodi va amaliy ko‘nikmalarini har
tomonlama rivojlantirish yo‘llarini izlab topadigan kasb egasi bo‘lishni
talab etadi. Buning uchun doimo o‘qituvchilarning kasbiy mahoratini,
ko‘nikma va malakalarini oshirib borish, ularga har tomonlama g‘am-
xo‘rlik qilish, zarur shart – sharoitlar yaratish, kerakli moddiy va ilmiy –
metodik hamda texnik yordam ko‘rsatish, o‘qituvchilarning ijodiy
tashabbuskorligini muntazam oshirib borishga ko‘maklashish lozim.
Shunga asosan, «Pedagogik mahorat» fani, mahoratli o‘qituvchilarni
tayyorlashga
xizmat qiladi, o‘qituvchilar va tarbiyachilarning kasbiy
13
faoliyati sirlarini, mohirligini o‘rgatuvchi va uni takomillashtirish to‘g‘-
risida ma’lumotlar berib boruvchi fan bo‘lib, o‘qituvchilarda pedagogik
mahoratning mohiyat mazmunini, hozirgi zamon talablari doirasida
kasbiy faoliyatini rivojlantirishning yo‘llarini,
vositalarini, shakllarini
o‘rganadi.
Pedagogik mahorat o‘qituvchilar va tarbiyachilarga pedagogik ijod-
korlik, pedagogik texnika, ta’lim – tarbiya jarayonida o‘qituvchi va
o‘quvchilarning o‘zaro hamkorligi, muloqot olib borish taktikasi, nutq
madaniyati,
tafakkuri, tarbiyachining ma’naviy – ma’rifiy va tarbiyaviy
ishlarini tashkil etish va amalga oshirish, bu jarayonda xulq–atvorni va
hissiyotni jilovlay olish xususiyatlarini o‘rgatadi va o‘z kasbini rivoj-
lantirib boruvchi
Dostları ilə paylaş: