122
O‘qituvchining to‘g‘ri tashkil etilgan muloqoti o‘quvchining o‘zli-
gini anglash funksiyasini takomillashtiradi. Bunda o‘qituvchining vazi-
fasi muloqot asosida o‘quvchilarga o‘zining "Men"ligini anglashni, shaxs
sifatida o‘z fikrini dadil va erkin gapirishni, jamoada o‘z o‘rnini bilishni,
o‘z-o‘zini baholashni o‘rgatishi kerak.
Pedagogik muloqot tuzilishi jihatidan o‘qituvchi ijodkorligining
noyob namunasidir. Pedagog olimlar o‘qituvchining o‘quvchilar
bilan
muloqotiga ko‘plab tavsiflarni ilmiy asarlarida bayon etsalarda, muloqot,
avvalo, o‘qituvchining shaxsiy psixologik xususiyati sifatida namoyon
bo‘ladi. Olimlar esa, muloqot uchun o‘qituvchiga yo‘nalish beradi xolos.
Jumladan, rus pedagogi V.A.Kan-Kalikning fikricha, o‘qituvchining
pedagogik muloqoti tuzilishi quyidagi yo‘nalishlarda amalga oshiriladi:
1. Prognostik bosqich (modellashtirish): O‘qituvchi
tomonidan sinf
jamoasi bilan bo‘lajak muloqotni modellashtirish.
2. Kommunikativ aloqa: O‘quvchi bilan dastlabki o‘zaro tanishuv
jarayonida bevosita muloqotni tashkil etishga erishish.
3. Pedagogik jarayon: O‘qituvchining xatti-harakati, pedagogik
mahorati bevosita muloqotni boshqarishga qaratilgan bo‘lishi kerak.
4. Natijalar tahlili: Amalga oshirilgan muloqotni tahlil etish, yutuq
va kamchiliklarni xolisona baholab kelgusi
faoliyat uchun model-
lashtirish.
Olimning fikrlari asosida muloqotning ushbu yo‘nalishlarini
quyidagicha ta’riflash mumkin?
Modellashtirish
bosqichida auditoriyaning barcha andozalarga javob
berishi, har bir o‘quvchining psixologik xususiyatlarini o‘rganishi,
ta’lim-tarbiyaviy jarayonda uchrashi mumkin bo‘lgan qiyinchiliklar
dinamikasini oldindan ko‘ra olish va bartaraf etish, muloqotning o‘zaro
hamkorlik asosida qurilishi, ya’ni muloqot o‘qituvchi shaxsiga emas,
balki o‘quvchi shaxsiga ham mos kelishini ta’minlash zarur.
Kommunikativ aloqa
bosqichida sinf jamoasini o‘zaro muloqotga tez
jalb etadigan suhbat texnikasini puxta bilish,
ularning barcha qizi-
qishlariga javob bera olish, erkin fikr bildirishlariga imkoniyat yaratish
va o‘quvchilar ongiga ijobiy ta’sir etishning turli usullarini qo‘llash
metodlarini egallash lozim.
Pedagogik jarayon
bosqichida o‘qituvchining faoliyati bevosita
ta’lim-tarbiyaviy ishlarni ma’lum bir yo‘nalishga solish, o‘quvchilar
tashabbusini qo‘llab-quvvatlash, sinf jamoasining rasmiy va norasmiy
liderlari bilan adolatli muloqotni tashkil etish, o‘z fikrlarini jamoa fikrlari
123
bilan real sharoitga moslashtira olish ko‘nikmalarini yaratish kabi
faoliyat olib boriladi.
Natijalar tahlili
da o‘qituvchi o‘z faoliyatiga
xolisona baho berishi,
yutuq va kamchiliklarni inobatga olib, kelgusi ta’lim-tarbiyaviy faoli-
yatida tanqidiy qo‘llashni bilishi lozim, ushbu yo‘nalishda maqsad, reja
va natijalarning birligi ta’minlanadi, o‘quv-tarbiya jarayonida o‘qituvchi
o‘quvchilar bilan muloqotni tashkil etish va boshqarishda rahbarlikni,
tashabbuskor bo‘la olishni bilishi kerak.
O‘quvchilarning axloqiy jihatdan tarbiyalanganligi uning atrof-mu-
hitga nisbatan bo‘lgan munosabatlarida ham namoyon bo‘ladi.
Axloqiy
tarbiyalanganlik o‘quvchining his-tuyg‘ularida ichki kechinmalarida ifo-
dalanadi va xulq-atvorida, o‘qituvchi bilan muloqot jarayonida yuzaga
qalqib chiqadi. O‘quvchilar bilan yaqin munosabatda bo‘lish va mehri-
bonlikni namoyish etish, o‘qituvchining sinf jamoasi bilan munosabatda
to‘g‘ri va odilona muloqotini tashkil etishda asosiy zamin bo‘ladi.
Muloqot turli rollar orqali shaxs faoliyati uchun ijtimoiy maydon
yaratadi, shaxsning ijtimoiy xulq-atvorini shakllantiradi. O‘qituvchi
ta’lim-tarbiya jarayonida o‘zining shaxsiy
tashabbuskor va rahbarlik
rolini namoyish etadi. Dars jarayonida esa o‘qituvchi o‘quvchilarni
tashkilotchi va ijrochi
rollarida bo‘lishga imkoniyat yaratishi kerak.
Muloqot asosida shaxs o‘zligini tanishni o‘rganadi. O‘qituvchi darsni
rejalashtirar ekan, faqat o‘rganilayotgan dars mavzusi to‘g‘risidagi
ma’lumotlar asosida o‘quvchilarni axborot ko‘lamiga jalb etishni
o‘ylamasligi kerak, balki o‘qituvchining yordamiga muhtoj bo‘lgan
o‘quvchilarni topishi, ularga yordam berish uchun sharoit yaratishi, har
bir o‘quvchining qiziqishini ta’minlovchi sharoitlarni ko‘ra olishi va
o‘zaro hamkorlikni ta’minlashi lozim.
Pedagogik faoliyatda o‘qituvchi muloqot asosida o‘quvchilar bilan
yaxshi munosabatni tashkil eta olishi, demokratik talablarni qo‘llashi va
birgalikda ijodiy faoliyat olib borishi kerak. Pedagogik muloqot esa, bu
o‘qituvchi kasbiy faolligining bir ko‘rinishi bo‘lib, bunda ta’lim va
tarbiya muammolari o‘qituvchi hamda o‘quv-tarbiya jarayonining boshqa
ishtirokchilari o‘rtasidagi o‘zaro ta’sir vositasi bilan hal qilinadi. Bu
vaziyatda o‘qituvchi baho beruvchi rolida namoyon bo‘ladi hamda uning
o‘zi baho oluvchi hisoblanadi. bunday hollarda pedagogik ta’sir ko‘r-
satish vazifalari va vositalari hamda o‘qituvchining o‘quvchilar bilan
pedagogik muloqoti quyidagi prinsiplarda namoyon bo‘ladi:
Dostları ilə paylaş: