Toshkent – 019 ritorika muallif



Yüklə 1,77 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə76/87
tarix27.09.2023
ölçüsü1,77 Mb.
#149336
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   87
Ritorika

ALISHER NAVOIY. 
Navoiy notiqning so‘zi bilan ishi bir bo‘lmog‘i 
lozimligini uqtiradi. Aks xolda nutqning ta’siri bo‘lmaydi. «Ulki buyurib o‘zi 
qilmag‘ay, hech kimga foyda va asar aning so‘zi qilmag‘ay».Alisher Navoiy davrida 
ham notiqlik Yuksak darajaga ko‘tarildi. U “Mahbub ul qulub” asarining 24-bobini 
asosan voizlikka bag‘ishlagan edi. Alisher Navoiy notiqlikda qisqalik va 
ravshanlikni yoqtiradi. Bu jihatdan uning «Mahbubul qulub»idagi 60 tanbehi 
o‘rinlidir. «Chin so‘z mo‘‘tabar, yaxshi so‘z muhtasar. Ko‘p deguvchi mumil, 
muqarrar deguvchi loya’qil» (Ya’ni: Chin so‘z e’tiborli, yaxshi so‘z qisqa bo‘ladi. 
Ko‘p so‘zlovchi zeriktiruvchi, qayta gapiradigan – aqldan ozgan), - deydi.
VOIZ IRSHOD. 
Fahriddin Safiyning shohidlik berishicha. Voiz Irshod 
minbarga chiqib, shunday mahorat va ehtiros bilan nutq so‘zlar ekanki, uning 
nutqlari jome masjidiga yig‘ilganlarni yig‘latib yuborar, o‘rni kelganda vaziyatni 
tezdan boshqa mazmunga burib, kuldirib ham yuborar ekan. uning nutqidan 


147 
ta’sirlanib ho‘ng-ho‘ng yig‘laganlar. Shunda u o‘z nutqining jozibador, maftunkor 
yana bir qirrasini namoyish qilgan: u o‘z ma’ruzasi jarayonida shunday bir burilish 
yasaganki, yig‘lab o‘tirganlarning barchasi beihtiyor qah-qaha otib yuborganlar. 
QOZI O‘SHIY. 
Tarixchi Muhammad Majdiyning “Ziynat ul-Majolis” 
asarida ta’kidlanishicha, O‘shiy voizlik san’atida mislsiz mahorat sohIbn sifatida 
dong taratgan va el nazariga tushgan. Qozi O‘shiy “Miftoh un Najoh” ya’ni “So‘z 
kaliti” rivolasida voizlik san’atining sir-asrorini mohirona ochib bergan. Bu esa 
uning o‘tkir voizgina emas, balki nutq madaniyati bo‘yicha etarli bilim sohIbn 
ekanligidan ham dalolat beradi. Masalan, u Eron mamlakatimining janubidagi 
Sinston viloyatining aholisi o‘sha davrlarda qattiqqo‘llligi bilan nom chiqargan 
bo‘lib, xatto tilanchiga ham bir burda non bermas ekan. Bu ziqnalikni eshitgan Qozi 
O‘shiy o‘sha viloyatga boradi: vaziyatni o‘rganadi, ularning ko‘nglini topib ma’ruza 
qiladi, dardlarni va’z aylaydi. Natijada sinstonliklar allomani duolar qilib, hadyalar 
bilan birga 5.000 dinor tilla to‘plab berishadi. Mazkur rivoyatdan shu narsa ayon 
bo‘ladiki, xalqning dardini topib unga malham bo‘ladigan so‘z aytilsa, uning qulfi 
dili ochilib siz bilan murosa qilishi mumkin. 

Yüklə 1,77 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   87




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin