Toshkent – 019 ritorika muallif



Yüklə 1,77 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə75/87
tarix27.09.2023
ölçüsü1,77 Mb.
#149336
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   87
Ritorika

DEMOSFEN. 
Qadimgi 
Yunonistonning 
Buyuk 
notiqlaridan 
biri 
Demosfendir. Unga Ritorikasohasidagi faoliyatida sharaf keltirgan narsa ulkan 
siyosiy nutqlaridir. Demosfen notiqlik san’atini o‘rganish uchun juda ko‘p vaqt 
sarflaydi. Unda jismoniy kamchiliklar mavjud edi – ovozi past va diksiyasi yomon 
bo‘lgan, kifti asabiy ravishda titrab turgan. Ma’lumotlarga qaraganda, Demosfen 
ovozini o‘stirish uchun og‘ziga mayda toshlarni solib, dengiz qirg‘og‘ida nutq 
so‘zlardi va to‘lqin shovqin-suronni bosib ketishiga harakat qilardi. Kiftning 
titrashidan qutulish uchun shiftga qilichni shunday ildiradiki, uning o‘tkir uchi kiftga 
Yaqin turadi va kifti titragudek bo‘lsa, qilichning uchi tegib og‘ritardi. Shu yo‘sinda 
olib borilgan uzluksiz mashqlar Demosfenga jismoniy kamchiliklarni bartaraf 
qilishga imkon bergan. 
ARASTU. 
Arastu Ritorikanazariyasi – «Ritorika» asarini yaratdi. Bu asar uch 
qismdan iborat:1. Nutq xizmat qilishi lozim bo‘lgan prinsiplar taxlili.2. Notiq uchun 
zarur bo‘lgan shaxsiy xususiyat va qobiliyat.3. Notiq nutqida qo‘llaniladigan nutq 
texnikasi, nutq usulari. Arastuning fikricha ritorika fanining birinchi asoschisi 
Empidokl bo‘lgan. Lekin uning bu sohadagi ishi bizgacha umuman etib kelmagan. 
Empedoklning Shogirdi Koraks ritorika haqida Yangi ish yozgan bo‘lib, u ham 
bizgacha etib kelmagan. Eng muhimi Koraks chiroyli nutqni «Ishontiruvchi 


146 
xizmtkor» deb ta’riflaydi. Notiqlik san’atining rivojlana borishi uning prinsip va 
usullarini kashf etishga ham urinishga olib keldi. Natijada chiroyli so‘zlash 
nazariyasi – ritorika maydonga kela boshladi. 
SITSERON.
Sitseron Rim notiqlariing yalovbardoridir. Sitseron mukammal 
bilim oldi va notiqlik san’atining muhim maktabini bitirdi. Sitseron ijodida ikki 
an’ana asosiy rol o‘ynadi. Bulardan biri, grek so‘z ustalari maktabi keng bilim 
maydoni bo‘lsa, ikkinchisi, eski Rim notiqlari tajribasi, birinchi navbatda Katon 
tajribasi edi. 
Sitseronning notiqlik san’atidagi muvoffaqiyatida uning tabiiy qobiliyati – 
ta’sirchanlik, hayotiy idrok, chuqur sezgirlik muhim ahamiyatga ega bo‘lgan. 
KAYKOVUS. 
Kaykovusning Sharq pedagogikasi tarixida g‘oyat qimmatli 
asarlar qatorida turuvchi «Qobusnoma»sida ham notiqlik sharxlari uchun alohida 
bob ajratilganligi bu san’atga bo‘lgan, uning san’atkoriga bo‘lgan qiziqishning orta 
borganligini ko‘rsatadi. «Qobusnoma»ning «Suhandonlik bilan baland martabaga 
ega bo‘lish haqida» deb nomlangan ettinchi bobida va hunarni egallashga 
bag‘ishlangan oltinchi bobida notiqlik sirlariga doir o‘gitlar bildiriladiki, bu fikrlar 
o‘sha davrda ham hozir ham o‘z qimmatini yo‘qotmagan. 

Yüklə 1,77 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   87




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin