www.ziyouz.com kutubxonasi
35
511.
Foydali ilmlarni o’rgatuvchi odamning gunohi kechirilishini so’rab, har bir narsa, hatto
dengizdagi baliqlar ham istig’for aytadilar.
512.
Beshta g’oyibona ilm borki, ularni Tangridan o’zga hech kim bilmaydi:
1.
Tangridan boshqa hech kim ertaga nima bo’lishini bilmaydi.
2.
Tangridan boshqa hech kim ona qornida qanday homila borligini bilmaydi.
3.
Qiyomat qachon bo’lishini ham Tangridan o’zga hech kim bilmaydi.
4.
Hech bir inson o’zining qayerda vafot etishini bilmaydi.
5.
Qachon yomg’ir yog’ishini ham Tangridan o’zga hech kim aniq bilmaydi.
513.
“Injil”da
45
shunday ibora bor: “Diyonatingga yarasha jazo yoki mukofot olursan va
o’lchovingga yarasha ulush olursan”.
514.
Bemorni ko’rgani borganda uning peshonasiga qo’lni qo’yib hol-ahvol so’rash barkamol ziyorat
hisoblanadi. Qo’l berib ko’rishib salomlashish mukammal bo’ladi.
515.
Kishining bema’ni gaplardan tilini tiyishi – uning mo’minligi naqadar chiroyli ekanligidan darak
beradi.
516.
Boshga tushgan musibatlarni, o’zidagi kasalliklarni va qilgan xayru ehsonini yashirish –
yaxshilik xazinalaridandir.
517.
Kimki mo’minlarga ularning yo’llarida aziyat tug’dirsa, unga ularning la’nati yog’ilur.
518.
Kimki biror mo’minga ozor bersa, go’yo u Menga ozor bergan bo’ladi. Menga ozor bergan
Tangriga ozor bergan bo’ladi.
519.
Kimki ulamolar oldida faxrlanish, nodonlar bilan bahslashish yoki odamlarning diqqatini o’ziga
tortish maqsadida ilm o’rgansa, uning joyi jahannamdir.
520.
Kimki turli vositachilar orqali qozilik mansabini egallagan bo’lsa, u o’z holiga tashlab qo’yiladi.
Bordiyu o’zi xohlamasa-da, uni majburan qozi qilib qo’yilsa, Tangri uning so’zlarini to’g’rilab turuvchi
yordamchi bir farishtani hamroh qilib qo’yadi.
521.
Musibat yetganda sabr qiluvchi, berilgan ne’matlarga shukr qiluvchi, birovlarning qilmishlarini
kechiruvchi, o’zi birovga zulm yetkazsa, tavba qiluvchi kishilarga xotirjamlik va hidoyat ado etilur.
522.
Kimki biror millatni dilidan sevsa, qiyomatda Tangri uni o’sha millat safida tiriltiradi.
523.
Kimki otasining vafotidan keyin ham unga yaxshilik qilishni istasa, uning yoru birodarlari bilan
aloqani uzmasin.
524.
Kimki mo’minlardan foyda orttirish uchun uyida g’alla saqlasa, u xato qilgan bo’ladi va Tangri
bilan uning payg’ambariga bergan ahdu paymonini buzgan hisoblanadi.
525.
Kimki yoshligida o’q otish san’atini yaxshi egallab, so’ng uni tark etib yuborgan bo’lsa, demak u
ulug’ ne’matlardan birini qo’ldan beribdi.
526.
Kimki uzish niyati bilan odamlardan qarz olsa, unga Tangrining o’zi yordam beradi. Bordiyu,
yeb ketish niyati bilan qarz olgan bo’lsa, Tangri ham uning dunyosidan barakani ketkazib qo’yadi.
45
Injil – nasroniylarning muqaddas kitobi.