Microsoft Word axloq odob hadis ziyouz com doc



Yüklə 169,22 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə42/43
tarix27.09.2023
ölçüsü169,22 Kb.
#149465
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   43
Axloq-odobga oid hadis namunalari

www.ziyouz.com kutubxonasi 
43
662.
Odamlardan hech bir narsani tilanib so’rama. Hatto ot ustidan qo’lingdan oqamching tushib 
ketsa ham, o’zing tushib ol! 
663.
O’lib ketganlarni yomonlab haqorat qilmanglar, chunki ular qilmishlariga yarasha mukofot yoki 
jazo oladigan joyga ketganlar. 
664.
O’lganlarni haqoratlab, ularning tirik qarindoshlarini ranjitib qo’ymanglar! 
665.
Ayollarni urmanglar! 
666.
Birodaring biror og’ir ahvolga tushib turganda sen uning ustidan kulma. Agar kulsang Tangri 
unga marhamat qilib, og’irini yengil qilishi va uning kunini sening boshingga solib qo’yishi mumkin. 
667.
Birovning tashqi ko’rinishiga yoki qilayotgan yaxshi ishiga qarab uni maqtashga 
shoshilmanglar, balki uning oxirgi holiga nazar solinglar! 
668.
G’azablanma! 
669.
Qabr yonidan o’tayotgan odam hayotdan to’yganligidan: “Koshki shu qabrdagi o’lik o’rnida 
men yotsam”, - deydigan zamon kelmaguncha qiyomat qoyim bo’lmaydi. 
670.
Badbaxt odamdagina rahmu shafqat bo’lmaydi. 
671.
Hayotda ko’p yanglishgan va ko’p tajriba orttirgan kishilargina yuvosh va muloyim bo’lib 
qolurlar. 
672.
Bo’sh yerlarni o’zicha chegaralab o’ziga mulk qilib olish va savdoda o’zi olmayhdigan narsaning 
bahosini ko’tarib ketishlik islomda yo’q. 
673.
Bir-birlaringga Tangrining la’nati, g’azabi yoki do’zaxini tilab so’kishmanglar. 
674.
Mehmondo’st bo’lmagan odamdan yaxshilik kutilmaydi. 
675.
Birovga ham zarar yetkazma, o’zingga ham birov zarar yetkazishiga yo’l qo’yma. Bularning 
ikkisi ham islomda yo’q. 
676.
Mozorlarga, aziz-avliyolarga atab qurbonlik qilish islomda yo’q. 
677.
Birovning molu mulkiga tajovuz qilish islomda yo’q. 
678.
Istig’for (kechirim so’rash) bilan katta gunohlar ham kechiriladi. Muttasil qilinaversa kichik 
gunohlar ham kattaga aylanaveradi. 
679.
Gunoh ishlarni qilaman deb ichilgan nazr (qasam) amalga oshirilmasin. 
680.
Johiliyat odatlaridan biri hayvonlarning birinchi bolasini qurbonlik qilish, ikkinchi odat – rajab 
oyida jonlik so’yish islomda yo’q. 
681.
Uch kundan ortiq arazlashib yurish islomda yo’q. 
682.
Tilini befoyda so’zlardan tiyib olmaguncha kishi imonning halovati qanday bo’lishini sezmaydi. 
683.
Hech bir savobli ish Tangri man etgan narsalaridan saqlanishga barobar kela olmaydi. 


Axloq-odobga oid hadis namunalari 

Yüklə 169,22 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   43




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin