www.ziyouz.com kutubxonasi
41
619.
Ikki kishi bir-birlarini haqorat qila boshlagan bo’lsalar, ulardan qay biri birinchi boshlagan
bo’lsa-yu, basharti bunisi haqoratda undan o’tkazib yubormagan bo’lsa, gunohi o’shanga bo’ladi.
620.
Maslahat so’raluvchi odam omonatdordir. O’ziga qanday ko’rsa, maslahat so’raganga ham
shunday to’g’ri va foydali maslahat bersin!
621.
Haqiqiy mo’minning qo’lidan ham, tilidan ham mo’minlar ozor topmaydilar.
622.
Musulmonning tili va qo’lidan musulmonlarga aziyat yetmaydi, mo’min esa mo’minlarning molu
jonlariga tajovuz qilmaydi.
623.
Mo’min – mo’minning ko’zgusidir. Unda biror kamchilik yoki nuqsonni ko’rib qolsa, darhol
tuzatib qo’yadi.
624.
Mo’minlarning hammasi bir-birlariga birodardirlar. Ularning biri ikkinchisidan ortiq emas, balki
ortiq-kamlik taqvoga qarab belgilanadi.
625.
Mo’minlar kelishilgan shartnomalarga qat’iy rioya qiladilar.
626.
Vazifani o’z vaqtidan kech qoldirib bajarish ham zulm turlariga kiradi.
627.
Makru hiyla va xiyonatning joyi do’zaxdir.
628.
Qabrdagi murda ahlu ayol va qarindoshlarining dod solib yig’lashlaridan azoblanadi.
629.
Bizning so’zlarimizni eshitib olib, o’zgartirmagan holda, odamlarga yetkazadigan kishining
yuzini Tangri yorug’ qilsin! Bevosita bizdan eshitgan odamdan ko’ra ko’proq g’oyibona rivoyat
qiluvchilar
50
orqali eshitgan kishilar hadislarimni yaxshiroq saqlaydigan bo’lishi mumkin.
630.
O’z haqini himoya qilish yo’lida qurbon bo’lgan odamning o’limi naqadar yaxshi o’limdir!
631.
Mo’min kishining yaxshi niyati qilgan amalidan ham afzaldir. Munofiq kishining qilgan yaxshi
amali dilidagi yomon niyatidan afzaldir. Har bir kishi o’z niyatiga qarab ish tutadi. Mo’min kishi qachon
biron ezgu ish qilsa, dili ravshanlanaveradi.
632.
Gunohiga pushaymon bo’lish ham tavba hukmidadir.
633.
Rasululloh ummatlarini adashish va yanglishishdan qaytarganlar.
634.
Rasululloh ummatlarini hayvonlar kabi bichishni man etganlar.
635.
Rasululloh ikki kishi birga ovqatlanganda biri ikkinchisidan beijozat dasturxondagi taom yoki
mevalardan ikkitadan olib yeyishni man etganlar.
636.
Rasululloh o’zini odamlardan chetga olib, xilvatda zohidlik qilishni man etganlar.
637.
Rasululloh mehmon uchun ortiqcha takalluf (ziyofat uchun haddan ortiqcha urinish)ni man
etganlar.
638.
Rasululloh marhumlar sha’niga mubolag’a bilan madhiya va marsiya aytishni man etganlar.
50
Ya’ni roviylar.