www.ziyouz.com kutubxonasi
40
601.
Kimki birovga pul qarz bersa yoki ehson qilsa
46
, yoki adashgan odamni yo’lga solib qo’ysa,
go’yo bir qulni ozod qilganchalik savobga ega bo’lur.
602.
Kimki uchta qiz farzandni o’stirib, tarbiyalab, voyaga yetkazib, munosib joylarga uzatsa, uning
mukofoti jannatdadir
47
.
603.
Uylanishga yaroqli va qodir bo’la turib uylanmagan odam ahli islomdan emas.
604.
Kimki bir mo’minni shu dunyodagi biror tashvishidan xalos etsa, Tangri uning oxiratdagi
tashvishlaridan xalos etadi. Kimki bechorahol kishiga yordam bersa, Tangri unga ikki dunyoda
yordam beradi. Kimki bir mo’minning aybini yopsa, Tangri uning ikki dunyodagi ayblarini yopadi.
Banda birovning yordami uchun harakat qilar ekan, Tangri ham uning yordamida bo’laveradi.
605.
Birodari bilan bir yil arazlashib yurishlik – uning qonini to’kish bilan barobardir.
606.
Kimki boshqalarga rahmu shafqat qilmasa, unga ham hech kim rahmu shafqat qilmaydi.
607.
Rahm qilmaganga rahm qilinmaydi, kechirmaganni kechirilmaydi va birovning uzrini qabul
qilmaganning tavbasi ham qabul qilinmaydi.
608.
Kimki odamlardan hayo qilmasa, u Tangridan ham uyalmaydi.
609.
Qaysi bir kimsaga Tangri yaxshilikni ravo ko’rsa, uni diniy va huquqshunoslik ilmlariga mohir
qilib qo’yadi va unga to’g’ri yo’lni ilhom qilib turadi.
610.
Kimki birovga yomonlik qilsa, shu dunyoning o’zidayoq jazosini ko’radi.
611.
Bexosdan sodir bo’lgan fojeali o’lim – mo’min kishi uchun rahmat, fosiqu fojir odam uchun
hasratdir.
612.
Mo’min – mo’minning ko’zgusidir. Mo’min – mo’minning birodaridir, unga maishiy ishlarida
yordamlashadi, yo’qligida moli va obro’sini himoya qiladi.
613.
Mo’min mo’min bilan bamisoli o’rta devorlari bir bo’lgan va yonma-yon qurilgan uylardek bir-
birlarini tutib turishlari kerak.
614.
Odamlarning mollariga va jonlariga qasd qilmaydigan odam haqiqiy mo’mindir. Xato
gunohlardan o’zini uzoq tutadigan odam haqiqiy muhojirdir
48
.
615.
Mo’min kishi odamlarga o’zini yaqin olib yuradi, odamlar ham unga yaqin munosabatda bo’ladi.
Shunday munosabat hosil qilmaganlarida yaxshilikning o’zi yo’q bo’ladi. Odamlarga foydasi ko’proq
tegadigan kishi – odamlarning yaxshirog’idir.
616.
Mo’min kishi g’ayratli bo’ladi. Tangri eng kuchli g’ayrat egasidir.
617.
Mo’min kishi soddadil, saxiy bo’ladi, fosih odam hiylakor, makkor va baxil bo’ladi.
618.
Ollohning rizosi uchun harakat qiluvchi odam haqiqiy mujohiddir
49
.
46
Matnda: “sut ehson qilsa”.
47
580-raqamli hadisga qarang.
48
Muhammad (s.a.v.) payg’ambar bilan birga Makkadan Madinaga ko’chgan kishi.
49
Xudo yo’lida jang qiluvchidir.