Microsoft Word axloq odob hadis ziyouz com doc



Yüklə 169,22 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə38/43
tarix27.09.2023
ölçüsü169,22 Kb.
#149465
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   43
Axloq-odobga oid hadis namunalari

www.ziyouz.com kutubxonasi 
39
582.
Kimki birovning biror aybini topib ustidan kulgan bo’lsa, o’zi ham shu aybga mubtalo 
bo’lmaguncha dunyodan o’tmaydi. 
583.
Kimki xiyonat qiluvchi bo’lsa, u ahli islomdan emas. 
584.
Kimki ko’zi ojiz odamni qirq qadam yetaklagan bo’lsa, uning jannatga kirishi aniqdir. 
585.
Kimki sulh bitimi bilan yashayotgan g’ayridinni o’ldirsa, u jannatning bo’yini ham hidlamaydi. 
Vaholonki, uning bo’yi qirq yillik masofadan sezilib turadi. 
586.
Kimki musulmon mamlakatida yashovchi boshqa dinga mansub kishini haqorat qilsa, qiyomat 
kuni o’tdan yasalgan qamchi bilan uriladi. 
587.
Kimki eri bir yoqqa ketgan ayol bilan zino qilsa, qiyomatda unga bir ilon orqali azob beriladi. 
588.
Bu dunyoda ikkiyuzlamachi bo’lgan odamning qiyomatda o’tdan yasalgan ikki tili bo’ladi. 
589.
Kim soch qo’ygan bo’lsa, uni e’zozlab toza va tartibli tutsin! 
590.
Kimning yosh go’dagi bo’lsa, unga go’daklarcha qiliq qilib erkalatsin! 
591.
Kimning imoni Tangriga va oxirat kuniga sodiq bo’lsa, qo’shnisiga yaxshilik qilsin, mehmonni 
izzat-ikrom qilsin va gapirsa foydali gap gapirsin yoki jim yursin. 
592.
Kimningki Tangriga va oxirat kuniga imon-ishonchi bo’lsa, biror mo’minning ko’ngliga iztirob 
yoki qo’rqinch solmasin! 
593.
Ko’rgan bilgani haqida guvohlik berishdan bosh tortgan odam yolg’on guvohlik bergan bilan 
barobardir. 
594.
Kimki mening nomimdan yolg’on hadis to’qib tarqatsa, do’zaxning xohlagan joyidan o’ziga joy 
tanlayversin! 
595.
Birovni yaxshi yo’lga boshlab qo’ygan odamga ham o’sha yo’lga tushib ketgan odam 
olayotganchalik savob yozilib borur. 
596.
Kimki boshiga musibat tushgan odamdan hol so’rab ta’ziya bildirsa, o’sha musibatli odamga 
beriladigan savob miqdoridagi savobga ega bo’ladi. 
597.
Kimki shuhrat topish niyati bilan yasanib kiyim kiysa, u to uni yechmaguncha Tangrining 
rahmat nazaridan uzoqda bo’lur. 
598.
Kimki nard o’ynasa, Tangriga va uning rasuliga osiy bo’lur. 
599.
Kimki odamlarga nisbatan noshukr bo’lsa, Tangriga nisbatan ham noshukr bo’lur. 
600.
Zolimning zolimligini bilib turib, unga yordam berish uchun u bilan birga yurgan odam 
islomdan chiqib qoladi. 


Axloq-odobga oid hadis namunalari 

Yüklə 169,22 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   43




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin