Sutning tarkibidagi vitaminlar va mineral tuz eritma-
lari qondan shundayligicha, o ‘zgarmagan
holda sutga
o ‘tadi. Kazein esa aminokislotalaming sintezlanishi
natijasida, sut qandi - laktoza glyukozadan hosil bo'ladi.
Sog‘in sigirlar yelinida sutning hosil bo'lishi doimiy
tanaffussiz davom etadi. Bunda alveollarda tayyor
bo‘lgan sut nozik naychalarga, undan yana yirikroq sut
kanallariga va nihoyat sut sistemasiga borib quyiladi.
Lekin sutning yelinidagi harakati m a’lum
ritm asosida
davom etadi. Yelinda sut miqdori ortib borgach, muskul
tolalari va hujayralarining tonusi (tarangligi) susayadi
va yelin yanada kengayib, ko‘proq sut to‘plana boradi.
Lekin bunday jarayon cheksiz davom etmaydi. Agar ye-
lin sut bilan to‘lsa, undagi bosim ortadi, sut bezlarining
sut tayyorlash faoliyati
susayadi va sutning ajralib
chiqishi deyarli to‘xtaydi. Sigirlar sog‘ib bo‘lingach,
yelin hajmi kichrayadi va bosimi esa pasayadi. Shu-
ningdek, qonning harakati susayadi, alveolalar va sut
naychalari qisqaradi, bez hujayralarida osoyishtalik,
tanaffus
vujudga keladi, lekin bu xususiyat uzoqqa
cho‘zilmaydi. Qisqa vaqt o'tishi bilan sutning hosil
bo‘lishi jadallashadi. Binobarin, bu holat sigirlami
sog‘ish
vaqti va miqdoriga, shuningdek, yelinni
uqalash - massaj qilish (iydirish)ga bog‘langan holda
amalga oshadi. Sog‘in sigirlar bunday tadbirlarga tez
moslashadi va o ‘z sutini bemalol beradi.
Dostları ilə paylaş: