Sutni tozalash (suzish yoki filtrlash). Bu
eng
mu-
him tadbirlardan biri hisoblanadi. Ayniqsa, sigirlar
qo‘lda sog‘ilsa bu tadbirsiz toza sut olib bo‘lmaydi.
Chunki qanday sharoitda sigirlar sog‘ilishidan qat’i
nazar, sog‘ish jarayonida sutga hayvonning juni, yem-
xashak,
parchalari, xas-cho‘p bo‘laklari yoki axlat
(go‘ng) uvoqlari tushib qolishi tabiiydir. Shu jismlar
bilan ma’lum miqdorda mikrob va bakteriyalar ham
sutga tushib, uning sifatiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi.
Sutni tozalashda va tozaligini aniqlashda bir necha
usullardan foydalaniladi. Masalan, sut o‘lchanib maxsus
elak-suzgichlardan o'tkazilgan holda,
tarkibidagi qil,
cho‘p-xas va h.k.lardan tozalanadi. Shuningdek, ora-
siga yupqa paxta qatlami qo‘yilgan metall elaklardan
o ‘tkazilishi ham mumkin. Bunda paxta qatlami qancha-
lik tez almashtirilib turilsa,
sutning tozalik darajasi
shunchalik yuqori bo‘ladi. Masalan, har 30-40 litr sut
tozalangach paxta qatlami o‘zgartirilishi foydalidir.
Ayrim kompleks va fermalarda sutni tozalash
uchun polietilendan tayyorlangan to‘qima-lavsandan
foydalanib kelinmoqda. Bu o‘zining chidamliligi va
zararsizligi bilan, hamda oson yuvilishi va sterillanishi
bilan ancha qulay ekanligi sinab ko‘rilgan.
Shuningdek, ayrim xo‘jaliklar
dokalar yordamida
ham sutni tozalash ishlarini bajarib kelmoqdalar. Bun-
da doka tez sarg‘ayib ketmasligi uchun, uni tez-tez
almashtirib, yuvib tozalab turish talab etiladi. Yirik-
lashtirilgan sutchilik xo‘jaliklarida sog‘ib olingan sut-
ni plastinali yoki diskli suzg‘ichlarda
hamda sentrifuga
apparatlari
yordamida
tozalash
ishlari
bajarilib
kelinmoqda. Sentrifuga go‘yo separator kabi ishlash
usuliga ega.
Dostları ilə paylaş: