sog‘ish, sog‘uvchilaming almashmasligi, sigirlaming
individual xususiyatlari va
fiziologik holati kabilar
hisoblanadi. Biz ular bilan qisqacha tanishamiz.
Sigirlarning oziqlantirishni sut tarkibiga ta’si-
ri.
Sigirlaming . oziqlantirish ular organizmida yuz
beradigan barcha fiziologik va biokimyoviy jarayonlarga
o ‘z ta'sirini ko‘rsatadi. Shuningdek, ulardan sog‘ib
olinadigan sutning miqdoriga,
tarkibiga va sifatiga
o‘z ta’sirini ko'rsatadi. Binobatin, sog‘in sigirlarga
beriladigan yem-xashak to‘la qiymatli,
barcha kimyo-
viy elementlarga boy, yuqori sifatli bo‘lishi kerak. Shu
bilan burga sigirlami oziqlantirishda ulaming fiziologik
holati, mahsuldorligi, yoshi va vazni hisobga olinishi
lozim. Sog‘in sigirlaming ratsionida ko‘p
miqdorda
dag‘al va sersuv oziqlaming bo iish i ular yelinida ko‘p,
yuqori sifatli sut hosil bo iish i bilan birga, ovqat hazm
qilish organlari faoliyatini yaxshilash imkonini beradi.
Asrash va parvarishlashning sut miqdoriga
va tarkibiga ta’siri.
Havo
harorati haddan tashqari
yuqorilashib ketsa, namlik kuchaysa va molxonalar
shamollatib turilmasa, sigirlaming suti keskin kamayib
ketishi
tajribalarda
kuzatilgan.
Shuningdek,
sut
tarkibidagi eng muhim modda (yog‘, oqsil,
uglevodlar
va h.k.)lar miqdori tubanlashib ketishi ham aniqlangan.
Binobarin, bunday sharoitda sigirlami toza va salqin
havo bilan ta'minlash, mikroiqlim yaratish, yoz kunlari
sigirlami dushlarda cho‘miltirib turish,
sigirlami ozoda
saqlash eng muhim tadbirlardan hisoblanadi.
Dostları ilə paylaş: