73-rasm. Makkajo‘xori donining uzunasiga kesimi:
1-unsimon endosperm; 2-shishasimon endosperm; 3-aleyron qatlam;
4-meva qobig'i; 5-murtak; 6-kraxmal hujayralar;7-asosi; 8-murtakning
poyasi; 9-murtakning ildizi.
Yorma mahsulotlari olishda donning
konsistensiyasi katta aha-
miyatga ega, endospermi (80-83%) shaffof va unsimon navli donlar
aralashtirilib, yorma olinadi. Donlarni aralashtirib yorma olishda,
ular yirikligiga ko‘ra
saralanadi, bu texnologik jarayonlarda katta
samaradorlikka erishishga imkon beradi.
Makkajo‘xori doni tarkibida 8-14
%
murtak
b o iib , u 30-50%
yog‘ moddasiga ega. Murtak, don endospermida joylashgan b o iib ,
texnologik jarayonda uni endospermdan ajratib olish katta qiyinchilik
tug‘diradi.
Makkajo‘xori
donidan kraxmal, spirt, farmatsevtika sanoatida
yog‘ va boshqa mahsulotlar olinadi.
Bug‘doy doni.
Bugungi kunda yorma
sanoatida qattiq va yum-
shoq bug‘doy donlaridan ham turli yormalar ishlab chiqarilmoqda.
(74- rasm).
188
B ug‘doy boshoqli ekinlar guruhiga kiradi. Bug‘doy doni oval
shaklida bo ‘ladi. Uning bo ‘rtiq tomoni orqasi bo‘lib, qarama- qarshi
tarafi qorni deb ataladi.
Qorin tarafida don soqolchasidan
to murtakkacha uzun ariqcha
(borozdka) tushgan. Donning o‘tkirroq uchida tuklar (soqolcha),
uning pastki qismida murtak joylashgan.
Qattiq bug‘doy. 1-4 sinflarga boiinadi, ulardan “Roltava”
va “Artek” yormalari ishlab chiqarishda. Bu navli bug‘doyning
endosperm qismi yuqori mustahkamlikka ega.
Yumshoq bug‘doylardan oqlangan
yirik yorma va oqlangan
mayda yormalar ishlab chiqariladi.
Dostları ilə paylaş: