Donni saqlash va dastlabki ishlash texnologiyasi


-BOB. TEXNOLOGIK JARAYONLARNING ASOSIY



Yüklə 101,52 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə142/158
tarix27.09.2023
ölçüsü101,52 Kb.
#149638
1   ...   138   139   140   141   142   143   144   145   ...   158
Donni saqlash va dastlabki ishlash texnologiyasi. Tursunov S. Muqimov Z. Norinboyev B.

9-BOB. TEXNOLOGIK JARAYONLARNING ASOSIY
BOSQICHLARI
Insonlarning un mahsulotlariga bo‘lgan ehtiyojini qondirishda 
yonnalar alohida о ‘ringa ega. Undan turli non va qandolat mahsulot­
lari ishlab chiqarishda u xom ashyo о ‘mini bosadi, yormalaming 
o ‘zidan esa ortiqcha mehnat talab etmaydigan turli taomlar 
tayyorlashda foydalaniladi. Masalan, portlagan dondan tayyorlangan 
«quruq nonushta» sut mahsulotlari bilan is’temol qilinadi. So‘nggi 
yillarda oziq-ovqat texnologiyasida turli yorma tayyorlash yaxshi 
yo‘lga qo‘yilgan, ular qo‘shimcha ishlov berishni talab etmaydi.
Yorma mahsulotlarni ishlab chiqarishda yormabop donlardan 
asosiy texnologik jarayonlar yordamida turli chiqindilardan tozalash 
va uning gul qobig‘ini ajratish amalga oshiriladi. Bu jarayonlarni 
yuqori unumdorlik va samaradorlik bilan olib borish yuqori sifatli 
yormalar olishda muhim ahamiyatga ega.
MaTumki, yormabop donlar gul, urug‘lik yoki meva qobiqlari 
bilan qoplangan. Turli yormabop donlarda m ag‘iz bilan qobiq 
orasidagi bog‘liqlik turlichadir. Masalan, arpa donida qobiq m ag‘izga 
mustahkam yopishgan, grechixa, sholi, tariq va sulida esa bunday 
emas. Qobig‘i m ag‘ziga mustahkam yopishgan donlardan yorma 
ishlab chiqarish jarayonida ularga suv va issiqlik bilan ishlov berish 
qobiqlaming yengil ajralishiga va m ag‘iz mustahkamligini oshirish- 
ga yordam beradi. Donlarga ishlov berish jarayonida texnologik sa- 
maraga erishishda don massasining bir xil katta-kichiklikda bo‘lishi 
muhim ahamiyatga ega. Shuning uchun ham ular oqlashdan ol- 
din saralanadi. Donlarni oldindan fraksiyalarga saralash natijasida 
oqlangan mahsulotlarni katta-kichiklikligiga ko‘ra ajratish samarali 
b o ‘ladi.
Yorma mahsulotlari ishlab chiqarish korxonalaridagi texnologik 
jarayonlar quyidagi bosqichlardan iborat:
- donlarni tozalash jarayoniga tayyorlash
- bu jarayon qaysi donga ishlov berishga bog‘liq, ular esa ikkin- 
chi va to ‘rtinchi texnologik jarayonlardan tashkil topgan;
239


- donlarni chiqindilardan tozalash;
- suliga o ‘xshash donlarni qiltanoqdan tozalash;
- suv, bug‘ (GTI) bilan ishlov berish;
- separatorlar yordamida oldindan saralash.
Donlardan yorma olish jarayoni quyidagi bosqichlardan iborat:
- oqlashdan oldin saralash;
- qobiqlardan ajratish;
- oqlangan yarim tayyor mahsulotlardan muchka (kepak), 
maydalangan don, qobiqlami ajratish;
- oqlangan va oqlanmagan aralashmalardan m ag‘izlarini ajratish;
- yormalarga sayqal va pardoz berish;
- yorma va chiqindilarni nazorat qilish.
Texnologik jarayonlam i tuzish asoslari.
Yorma korxonalariga keltirilayotgan donlarni qayta ishlash 
texnologiyasi rasmda berilgan.
Yorma korxonasiga yuborilayotgan donlar turli chiqindilardan 
elevatorda joylashgan havo elak separatorlarida tozalanadi. Yuqori 
«vixod»li va sifatli mahsulotlar olish uchun turli sifatga ega bo'lgan 
don partiyalaridan tashkil topgan maxsus partiya shakllantiriladi. 
Donlarni don tozalash sexlariga yuborishdan oldin tarozida tortib
miqdori hisobga olinadi.
Don tozalash sexlarida asosan chiqindilardan tozalash, saralash, 
namlash va dimlash jarayonlari o ‘tkaziladi. Donlarga GTI berish 
natijasida ulaming mexanik tuzilishi o ‘zgarib, qobiq, murtakning
240



Yüklə 101,52 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   138   139   140   141   142   143   144   145   ...   158




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin